Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Xonanda, teleboshlovchi Xusnora Shodiyeva 2-noyabrda tug‘ilgan kunini Ozarbayjonning Boku shahrida nishonladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Shu bilan birga, Xusnora Shodiyeva sahifasiga onasi va o‘g‘li uni qanday tabriklagani aks etgan videoni ham joyladi. Ma’lumot uchun, xonanda 29 yoshga kirdi.

Bollivud yulduzi Shohrux Xon 2-noyabr kuni 57 yoshni qarshi oldi. U tug‘ilgan kunini muxlislari qurshovida nishonlash baxt berganini va buning uchun ulardan minnatdor ekanini aytdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Shuningdek, hind aktyori Shohrux Xon o‘zi va Dipika Padukone ishtirokidagi yangi “Pushtun” filmi 2023-yilning 25-yanvarida katta ekranlarga chiqishini ma’lum qildi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Bahrom Nazarov 2-noyabr kuni o‘z konsert dasturini muxlislariga taqdim etishni boshladi. Xonandaning hamkasbi Vohidjon Isoqov unga to‘n kiydirdi.

Turk aktyori Kadir Dog‘ulu sahifasiga rafiqasi Neslihan Atagul bilan tushgan suratini joyladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Aktrisa Zarnigor G‘aniyeva ro‘mol o‘raganidan so‘ng ilk marta muxlislariga ko‘rinish berdi.

Xonanda Umidaxon sahifasiga turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratlarini joyladi va muxlislaridan ularga qaysi surati yoqqanini so‘radi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Shuningdek, Umidaxon turmush o‘rtog‘i, shou-biznesdagi yaqin insonlari “Oybek va Nigora” dueti xonandalari Oybek va Nigora bilan to‘yga borgani aks etgan videoni obunachilariga namoyish qildi.

Zarina Nizommidova obunachilarining yangi IPhone 14 Pro Max telefonini ishlatilishi haqidagi savoliga javob berdi. Aktrisa bu telefonning boshqa IPhone’lardan dizayn jihatidan ham, ishlatilish funksiyalari jihatidan ham farq qilmasligini ta’kidladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

“Jaydari kelin” spektalidagi roli orqali mashhur bo‘lgan aktrisa Munojot Alimboyeva ham 2-noyabr kuni tug‘ilgan kunini nishonladi. Aktrisa turmush o‘rtog‘i, yaqinlari uni tabriklagani aks etgan videoni muxlislariga namoyish qildi.

Ziyoda Turkiyadagi ta’tili aks etgan videolarni obunachilariga ko‘rsatdi.

Xonanda Jahongir Otajaonov sahifasiga o‘g‘li Muammar va qizalog‘i Yasira bilan tushgan suratini joyladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Opera xonandasi Milena Madmusayeva Ozoda Nursaidovaning “Go‘zal kechalarda” nomli taronasini qayta ijro etdi va unga bu tarona uchun minnatdorchilik bildirdi.

Aktrisa Asal Shodiyeva onasini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Aktrisa Durdona Qurbonova unga prank uyushtirib, sevgi izhori qilishgani aks etgan videoni muxlislariga namoyish qildi.

Xonanda Bunyodbek Saidov o‘g‘li Saidrizoning tug‘ilgan kunini yaqinlari davrasida nishonlagani aks etgan videoni folloverlari bilan bo‘lishdi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda gaz zapravkalar qayta ochilishi kutilmoqda
Dunyo
Rossiya Belarusga yangi harbiy qismlar joylashtirdi — Ukraina chegara xizmati