Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Instabloger Eraliga Umra safariga yo‘llanma sovg‘a qilishdi. U quvonchdan yig‘lab yuborgani aks etgan videoni muxlislari bilan bo‘lishdi.

Xonanda Sevinch Mo‘minova qizi Leylaning Misrda tushgan suratini obunachilariga ko‘rsatdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Madina Mumtoz obunachilariga shamollab qolib, davolanayotgani haqida gapirib berdi va ulardan o‘zini ehtiyot qilishni so‘radi.

Sardor Rahimxon Turkiyada yaqinlari bilan tushgan suratni sahifasiga joyladi va ular osh tayyorlashi haqida obunachilariga gapirib berdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Munisa Rizayeva Toshkentdagi qurilishi hali nihoyasiga yetmagan binoning 23-qavatidan Toshkentni tomosha qilgani aks etgan videoni obunachilariga ko‘rsatdi. Xonanda, shuningdek, binoning 44-qavatiga ham chiqib, shaharning balanddan go‘zal ko‘rinishi haqida gapirdi.

Xonanda Shahzoda kenja o‘g‘li Xalid bilan tushgan suratini muxlislariga namoyish qildi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Aktrisa Zarnigor G‘aniyeva tug‘ilgan kunida farzandlari uni qanday tabriklaganini obunachilariga namoyish qildi.

Shuningdek, aktrisa tug‘ilgan kunida ro‘mol o‘raganini ma’lum qildi. Zarnigor G‘aniyeva hayot yo‘lida har xil jumboqlar bilan to‘qnash kelganini, turli xil insonlarni ko‘rganini, bundan keyin Allohni sevib yashashga qaror qilganini ham ta’kidladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Luiza Rasulova manti tayyorlagani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi.

Bollivud yulduzi Abhishek Bachchan rafiqasi Ayshvariya Ray Bachchanni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

“Qalpoq” hajviy ko‘rsatuvidagi Maraymamat obrazi bilan xalqqa tanilgan Rahmonali Suropov ilk marta bobo bo‘lganini ma’lum qildi.

“Ummon” guruhining xonandasi Shohrux bir oydan beri komada yotgan do‘sti Zohid Risqiyevga atab “Do‘st” nomli qo‘shig‘ini kuyladi. Videoklipda “Ummon” guruhi a’zolarining ilk san’atga kirib kelgan yillari, muxlislari olqishiga sazovor bo‘lgani aks etgan voqealar ko‘rsatilgan.

Aktrisa Zarina Nizomiddinova onasi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Xonanda Jahongir Otajonov Volkswagen elektromobilini xarid qilganini ma’lum qildi.

Lola Ahmedova muxlislariga chiroyli so‘zlarni faqat eshitish emas, kimlargadir aytishni unutmaslik kerakligi haqida gapirdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Aktrisa Durdona Qurbonova Ichan qal’ada tushgan videosi bilan folloverlariga ko‘rinish berdi.

Xonanda Nilufar Usmonova ikkinchi konsert dasturini qachon muxlislariga taqdim etishini tez kunlarda e’lon qilishi haqida gapirdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Bundan tashqari, Nilufar Usmonova yaqinlari unga kutilmagan sovg‘a tayyorlagani aks etgan videoni obunachilariga namoyish qildi.

Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva turmush o‘rtog‘i Yigitali Mamajonov bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi va hayotiy sinovlardan o‘tgani haqida muxlislariga gapirib berdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Shuningdek, Muqaddas Sa’dullayeva obunachilarining ro‘mol ustidan shlyapa kiyib yurgani haqidagi savollariga javob berdi. U televideniyedagi cheklovlar tufayli ro‘moli ustidan shlyapa kiyib ko‘rsatuvda boshlovchilik qilayotganini, taklif etilgan ko‘rsatuvda chiqishga rozi bo‘lganini aytdi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda gaz zapravkalar qayta ochilishi kutilmoqda
Dunyo
Rossiya Belarusga yangi harbiy qismlar joylashtirdi — Ukraina chegara xizmati