Afg‘onistonda “Tolibon” harakati namoyishlarni tarqatish uchun Ichki ishlar vazirligi qoshida ayollar bo‘linmasini tuzdi. Bu haqda “RIA Novosti” yozmoqda.
Qayd etilishicha, harakat mamlakatdagi norozilik namoyishlarini tarqatish uchun Afg‘oniston muvaqqat hukumati qoshidagi Ichki ishlar vazirligining jamoat xavfsizligi bo‘limiga ayollarni yollagan. Vazirlik bayonotiga ko‘ra, ayni paytda mazkur bo‘linmada 100 nafar xotin-qiz xizmat qilish uchun o‘qitilmoqda. “Tolibon” ayollarning vazifalari haqida rasman izoh bermagan. Biroq, ekspertlarning fikriga ko‘ra, ulardan ayollar noroziligiga qarshi turishda foydalanish mumkin.
Ma’lumot uchun, oktabr oyi boshida Badaxshon viloyati va poytaxt Kobuldagi universitet talaba qizlari ayrim qizlarga ro‘mol o‘ramaganlik bahonasida muassasalarga kirish taqiqlab qo‘yilgani ortidan namoyish o‘tkazgan edi.
Mavzuga doir: “Tolibon” Ezgulik vazirligida ayollar uchun islohotlar bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim tashkil qiladi
Izoh (0)