Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buxoro shahrida qurilishi tugallanmagan bino konstruksiyasi buzilishi oqibatida quruvchilardan biri jarohatlandi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Telegram / PvBux

Foto: Telegram / PvBux

 

Ma’lum qilinishicha, 31-oktabr kuni soat 16:03 larda fuqaro Sh.S.dan olingan ma’lumotga ko‘ra, Buxoro shahar Do‘stlik MFY T.Farog‘iy ko‘chasida joylashgan qurilishi uch qavatli binoning tom qismida qurilish materiallarining vazndan ortiq yuklanishi natijasida binoning yuk konstruksiyalari (regil plitalari) qulagan.

Oqibatda mazkur qurilishi tugallanmagan binoda quruvchi bo‘lib ishlayotgan K.R. (1973-yilda tug‘ilgan) bino qulashi oqibatida tan jarohati olgan. U viloyat FVB Yong‘in-qutqaruv otryadi tomonidan qutqarilgan va Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida yotqizilgan.

Hozirda Buxoro viloyati qurilishi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan binoning qulab tushishi bilan bog‘liq o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana tushdi 
Dunyo
Ozarbayjon o‘z fuqarolarini Eronga bormaslikka chaqirdi
Iqtisodiyot
O‘zbek so‘mi 2022-yilda dollarga nisbatan 3,9 foizga qadrsizlandi. Milliy valyutaning almashuv kursi qanday o‘zgardi?