Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘onada 1 milliard so‘mlik uyali telefonlarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Farg‘ona viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati

Foto: Farg‘ona viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati

Qayd etilishicha, viloyat bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tezkor tadbir davomida fuqaro Yo. boshqaruvidagi Mercedes-Benz rusumli avtotransport vositasi Farg‘ona tumani hududida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

Foto: Farg‘ona viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati

Foto: Farg‘ona viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati

Natijada mazkur avtomashina yukxonasining maxsus yasalgan qismida avtomashinada yo‘lovchi sifatida harakatlanib ketayotgan boshqa fuqaroga tegishli bo‘lgan xorijda ishlab chiqarilgan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 1 milliard 13 million so‘mlik 19 turdagi 484 dona uyali aloqa vositalari borligi aniqlangan.

Foto: Farg‘ona viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati

Foto: Farg‘ona viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Qozog‘iston
Qozog‘istonda politsiyachi o‘z hamkasbini boshidan otib qo‘ydi
Mahalliy
UMS 7 mlrd so‘mlik tenderda 1 tiyin arzonroq narx taklif qilgan korxona g‘olib bo‘lgani haqidagi xabarlarni rad etdi