Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styorening aytishicha, harbiylar xavfsizlikni kuchaytiradi.
"Ammo hozir bizda Rossiya Norvegiya va boshqa G‘arb davlatlarini Ukrainadagi mojaroga tortmoqchi, degan fikrga asos yo‘q" - dedi Yonas Gar Styore.
O‘z navbatida, Norvegiya Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Norvegiya dengiz floti dengiz patrullarini ko‘paytirishini aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, keskinlik kamida yana bir yil davom etishi mumkin.