Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston banklari tomonidan 2022-yilning yanvar—sentabr oylari davomida 141,3 trln so‘m miqdorida kreditlar ajratilgan, deya xabar bermoqda Markaziy bank. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18 foiz ortiq bo‘ldi. Joriy yilning yanvar—sentabr oylarida banklar tomonidan o‘rtacha oylik ajratilgan kreditlar 15,7 trln so‘mni tashkil etgan. 

Mazkur kreditlarning 68 foizi (96,4 trln so‘m) korporativ va 32 foizi (44,9 trln so‘m) chakana kreditlari hissasiga to‘g‘ri keladi.  

Bundan tashqari, tadbirkorlik subyektlari faoliyati uzluksizligini ta’minlash hamda aylanma mablag‘lari uchun 35,6 trln so‘mlik revolver kreditlar berilgan. 

Ajratilgan kreditlarning:

  • 28 foizi — qisqa muddatli; 
  • 72 foizi — uzoq muddatli.

Valyutalar qirqimida:  

  • 65 foiz kreditlar — milliy valyutada; 
  • 35 foiz — xorijiy valyutadagi kreditlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. 

Mazkur davrda banklar tomonidan 97 trln so‘mlik kreditlar so‘ndirilgan bo‘lib, ularning qaytuvchanlik darajasi 69 foizni tashkil etgan.

Banklarning jami kredit portfeli 2022-yilning 1-oktabr holatiga 363 trln so‘mni tashkil etib, ularning 75 foizi korporativ kreditlar, 25 foizi chakana kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi. 

Jami kredit portfeli qoldig‘i joriy yil boshiga nisbatan 11 foizga yoki 36,5 trln so‘mga, xususan (yillik o‘sish 16 foiz) korporativ kreditlar 6 foizga (15,6 trln so‘m) va chakana kreditlar esa 30 foizga (21 trln so‘m) o‘sgan. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi