Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Joriy yil boshidan buyon 70 mingga yaqin rossiyalik O‘zbekistonda bank hisob raqamlarini ochgan bo‘lib, ularning deyarli yarmi mamlakatda ishlamoqda. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmatiga tayanib “TASS” xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Yil boshidan buyon 67 ming rossiyalik hisob raqamlarini ochdi va ularning yarmiga yaqini O‘zbekistonda doimiy ravishda faoliyat yuritmoqda, — dedi moliyaviy regulyator vakili Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmurodovga tayanib.

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Rossiya norezidentlari tomonidan mamlakatda O‘zbekiston banklarining kartalariga talab yuqori.

Shu bilan birga, xorijliklar uchun sentabr oyida joriy etilgan cheklovlarga qaramay, talab saqlanib qolayotgani, unga ko‘ra ular mamlakatda 15 kun uzluksiz bo‘lganidan keyingina hisobvaraq va kartalarni ochishlari mumkinligi qayd etilgan.

Avvalroq O‘zbekiston fuqaroligini olgan rossiyaliklar soni ma’lum qilingani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi