Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoy koronavirusning yangi to‘lqini tufayli mamlakatning markaziy va shimoli-g‘arbiy qismlaridagi shaharlarni karantinga yopmoqda. Koronavirus tarqalishini to‘xtatish uchun Uxandan tortib Sinangacha bo‘lgan hududlarda tumanlarni to‘sib qo‘ymoqda. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Xitoy xabar berishicha, 25-oktabrdan buyon mamlakat hududida COVID-19 ga chalinish bo‘yicha mingdan ortiq yangi holatlar qayd etilmoqda. Bu 2022-yil boshida Shanxayda kuniga o‘n minglab bemorlar aniqlangani bilan qiyoslaganda arzimas ko‘rsatkich bo‘lishi mumkin. O‘shanda shahar to‘liq yopilgandi. Biroq bu butun mamlakat bo‘ylab ko‘proq cheklovlar kiritilishi uchun yetarlidir.

2019-yilda koronavirus birinchi marta qayd etilgan joyda — ko‘p millionli aholiga ega Uxan shahrida shu hafta COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha 20—25 ta yangi holatlar haqida xabar berildi. So‘nggi 14 kunda shaharda 240 kishi kasallangan. Biroq mahalliy hukumat bitta tumandagi 800 mingdan ortiq odamga 30-oktabrga qadar uyda qolishni buyurdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi suratlar va xabarlarga ko‘ra, Uxanning ba’zi qismlarida cho‘chqa go‘shtini sotish ham taqiqlangan. Bu ma’murlar koronavirus holatlaridan biri mahalliy cho‘chqa go‘shti yetkazib berish zanjiri bilan bog‘liqligini ma’lum qilganidan keyin yuz bergan.

Guanchjou shahrida 27-oktabr kuni yanada ko‘proq ko‘chalar va dahalar yopib qo‘yildi, odamlarga o‘z uylarida qolish buyurildi.

Ayni vaqtda Sininda oziq-ovqat mahsulotlari yetishmasligi va eng zarur tovarlar narxi oshishi kuzatilmoqda. Bu esa oktabrda bo‘lib o‘tgan bir haftalik bayramdan keyin meva-sabzavot do‘konlarining ba’zilari karantinga yopilgani bilan bog‘liq.

Xitoyda koronavirus bilan kasallanish holatlari jahon standartlari bo‘yicha kamroq bo‘lib qolayotgan bo‘lsa-da, uning qattiqqo‘l siyosati iqtisodiyotga va moliyaviy bozorlarga ta’sir o‘tkazmoqda.

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyoda koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichlari 13 foizga kamayganini ma’lum qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindistonda milliarder Gautam Adanining yangi loyihasiga qarshi ommaviy namoyishlar avj oldi
Sport
Kamerun terma jamoasi yulduzi Andre Onana murabbiy bilan kelishmovchilik sabab JCH—2022 ni tark etdi
Mahalliy
Infografika: O‘zbekiston Markaziy Osiyoning qaysi davlatlari bilan eng ko‘p savdo qilayotgani ma’lum qilindi