Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fly Dubai aviakompaniyasining Toshkentdan Dubayga uchayotgan samolyoti Eronning Sheroz shahridagi aeroportga favqulodda qo‘ngandi. Uzbekistan Airports bunga nima sabab bo‘lganiga aniqlik kiritdi.

Ma’lum bo‘lishicha, favqulodda qo‘nishga samolyot ekipaj a’zolaridan birining ahvoli yomonlashgani sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng ekipaj eng yaqin aeroportga qo‘nish haqida qaror qabul qilgan.

Bortida 172 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Toshkentdan soat 04:37 da havoga ko‘tarilgan va Toshkent vaqti bilan 07:50 da Dubay aeroportiga qo‘nishi kerak bo‘lgan. Biroq majburiy qo‘nish tufayli parvoz kechiktirilmoqda. Fly Dubai barcha yo‘lovchilarni oziq-ovqat hamda ichimlik suvlari bilan ta’minlagan.

Hozirda samolyot Dubayga uchishga hozirlik ko‘rmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi