Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2023-yildan boshlab milliondan ortiq o‘zbekistonlik yoshlar Coursera platformasining 3 ta asosiy yo‘nalishida bepul onlayn ta’lim olish imkoniyatida ega bo‘ladi. Bu haqda IT Park xabar bermoqda.

Foto: TechRepublic

Foto: TechRepublic

25-oktabr kuni “IT-Education” forumi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi, IT Park va Coursera bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vaziri Sherzod Shermatov, IT Park Uzbekistan direktori Farhod Ibragimov, IT Park raqamli ta’lim bo‘yicha direktor o‘rinbosari Abdulahad Kuchkarov, hamda, Coursera Markaziy Osiyoda biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Eduard Kan ishtirok etdi.

Tomonlar IT-ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi.

Jumladan, memorandum imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Unga ko‘ra, 2023-yildan boshlab 1,2 million o‘g‘il-qiz IT’ning 3 ta asosiy yo‘nalishi (frontend, Python course, IT-English) bo‘yicha Coursera ta’lim platformasida onlayn kurslarda qatnashishi mumkin bo‘ladi.

Shu tariqa, milliondan ortiq o‘zbekistonliklar Coursera’dan bepul onlayn ta’lim, zamonaviy bilim va sertifikatlar olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Coursera — xalqaro ochiq onlayn ta’lim platformasi bo‘lib, u bir qator kognitiv va ta’lim dasturlarini, jumladan, interfaol loyihalar va o‘zaro sharhlar, kurslar, mutaxassisliklar, dastur sertifikatlarini taklif etadi.

Shuningdek, Illinoys, Duke, Google, IBM, Stenford, Imperial College London va boshqalar kabi yetakchi kompaniyalar va universitetlar bilan hamkorlik qiladi.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Dunyo
Saakashvilining organizmida margimush topildi — advokat
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Volodin boshchiligidagi Rossiya parlament delegatsiyasini qabul qildi (foto)