Xersondagi terakt oqibatida halok bo‘lganlar va yaralanganlar bor, dedi yakshanba kuni Xerson viloyati sog‘liqni saqlash vaziri Vadim Ilmiyev jurnalistlarga. Bu haqda “Interfaks” xabar qildi.
“Xersonning Chernomorskaya ko‘chasida sodir etilgan terakt natijasida 1972-yilda tug‘ilgan erkak halok bo‘ldi, uch kishi yaralandi. Barcha jabrlanganlarga yordam ko‘rsatilmoqda”, — dedi u.
Favqulodda xizmatlarning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, mashina ichida yoki uning yonida qo‘lbola portlovchi qurilma ishga tushgan.
O‘tgan seshanba kuni Xerson viloyati hokimiyati bir nechta munitsipalitetlar, shu jumladan, Xerson shahri aholisi Dneprning chap qirg‘og‘iga ommaviy ko‘chirilganini e’lon qilgan edi.
Viloyat ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousovning so‘zlariga ko‘ra, 22-oktabr, shanba kunigacha Dneprning narigi tomoniga 25 mingga yaqin odam o‘tkazilgan.
Izoh (0)