Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Parijda 16-oktabr, yakshanba kuni bir necha o‘n minglab namoyishchilar narxlar o‘sishiga norozilik belgisi sifatida ko‘chalarga chiqdi, deb xabar beradi Le Figaro.

Foto: EPA

Foto: EPA

Ta’kidlanishicha, miting Jan-Lyuk Melanshonning “Bo‘ysunmagan Fransiya” o‘ta so‘l partiyasi, yashillar va sotsialistlar tomonidan tashkillashtirilgan.

Namoyishchilar maoshlar va ijtimoiy to‘lovlar oshirilishini, elektr energiyasiga barqaror narxlar o‘rnatilishini, o‘ta yuqori daromadga soliq kiritilishini, shuningdek, ekologik loyihalarga investitsiyalarni talab qilmoqda.

Ayni vaqtda noroziliklar ishtirokchilari yonilg‘i va oziq-ovqat narxlari o‘sishiga hamda pensiya yoshi oshirilishiga qarshi chiqmoqda.

Namoyishga Melanshondan tashqari, yozuvchi, adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Anni Erno boshchilik qilmoqda. Melanshon norozilik ertasi kuni (17-oktabr) ham davom etishini va’da qildi, 18-oktabrdan esa u umummilliy ish tashlash e’lon qilishni rejalashtirmoqda.

Miting tashkilotchilari ma’lumotlariga ko‘ra, 140 ming kishi namoyishga chiqqan. Ayni vaqtda, politsiya hisob-kitoblari bo‘yicha aksiya ishtirokchilari soni 30 mingdan oshmagan.

Kunning ikkinchi yarmida politsiya bilan to‘qnashuvlar boshlandi. Qora niqob taqqan vandallar Société Générale  banki ofisiga bostirib kirib, u yerdan bir nechta kompyuterlarni o‘g‘irlab ketgan. Politsiya ma’lum qilishicha, do‘konlarga va bank muassasalariga zarar yetkazishga bo‘lgan bir nechta urinishlarning oldi olingan.

Shuningdek, namoyishchilar guruhlari politsiyaga petardalar uloqtirgan, bunga javoban, politsiya ko‘zni yoshlantiruvchi gaz qo‘llagan. Kamida ikki nafar namoyishchi yaralangani aytilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
MIB: Ijro hujjatlarini qaytarishdan byuro organlari manfaatdor emas
Sport
Rasman: Neyt Dias UFC’ni tark etdi
Mahalliy
Toshkent yerusti metrosining 19 ta bekati nomi o‘zgaradi