Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Adabiyot bo‘yicha 2022-yilgi Nobel mukofotiga fransuz yozuvchisi Anni Erno sazovor bo‘ldi. Bu haqda Nobel qo‘mitasi Twitter’da xabar berdi.

Foto: Skrinshot

Foto: Skrinshot

Erno “jasorat va klinik aniqlik bilan inson xotirasining manbalari, kollektiv cheklovlari va begonalashuvini ochib bergani uchun” mukofotlanmoqda.

“Ernoning barcha kitoblari — avtobiografik. Hammasi uning shaxsiy, doimo og‘riqli va hatto travmatik tajribasini tasvirlaydi. Bu matnlar o‘ziga xos terapevtik maktublar bo‘lib, ular yordamida Erno voqealarda yashaydi, tajriba to‘playdi, og‘riqdan xalos qiladi”, — deydi uning “Voqealar” va “Ayol” kitoblarini tarjima qilgan Mariya Krasovitskaya.

Anni Erno “Hodisa”, “Ayol”, “Oddiy ehtiros”, “Yillar”, “Tashqi hayot” va boshqa romanlar muallifi.

2021-yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Buyuk Britaniyada yashab, ijod qilayotgan tanzaniyalik yozuvchi Abdurazzoq Gurnaga “mustamlakachilikning murosasiz oqibatlari hamda madaniyatlar va qit’alararo sarson bo‘layotgan qochoqlar qismatini o‘z asarlarida yoritgani uchun” berilgandi.

7-oktabr kuni Osloda tinchlik bo‘yicha mukofot sohibi ma’lum bo‘ladi. 10-oktabrda esa iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotini kim olgani e’lon qilinadi.

Mukofotlarni topshirish marosimi 10-dekabrda — mukofot ta’sischisi Alfred Nobel vafot etgan kunda bo‘lib o‘tadi. Odatda sovrindorlar mukofotlarni Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav ishtirokidagi tantanali marosimda shaxsan qabul qilib oladi. Biroq 2020 va 2021-yillarda koronavirus pandemiyasi tufayli, marosim videoformatda o‘tkazilgandi.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi