Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fransiyaning amaldagi yetakchisi Emmanuel Makronning prezidentlik saylovida g‘alaba qozongani e’lon qilinganidan keyin, mamlakatda norozilik namoyishlari avj oldi, deb yozmoqda Reuters.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“Sariq jiletlilar” harakati a’zolari so‘nggi haftalarda Parijda ko‘chalarga chiqib, Fransiyaning amaldagi prezidentiga ovoz bermaslikka chaqirayotgan edi.

Xabar qilinishicha, politsiya namoyishchilarga qarshi ko‘zni yoshlatuvchi gaz ishlatgan. Parijda huquq-tartibot idoralari xodimlari markaziy Shatle tumanida norozilik namoyishi uchun yig‘ilgan, asosan yoshlardan iborat olomonni tarqatishga uringan.

Shuningdek, Parij markazida politsiya fuqarolik mashinasiga qarata o‘t ochishga majbur bo‘lgani aytilmoqda. Mashina dastlab patrul xodimining so‘roviga binoan to‘xtagan, biroq haydovchi to‘satdan gazni bosib, to‘g‘ri politsiyaga qarab haydagan. Huquq-tartibot xodimlaridan biri o‘zini himoya qilish maqsadida mashinaga qarata o‘t ochgan. Oqibatda mashinada bo‘lgan ikki kishi halok bo‘lgan, yana bir kishi jarohatlangan.

Fransiyaning boshqa shaharlarida ham shiddatli namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Tuluza, Lion va Renn shaharlarida namoyishchilar ko‘chalarga chiqdi. Renn shahrida huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan to‘qnashuvlar yuz berdi. Namoyishchilar ko‘chada buyumlarga o‘t qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, Fransiyaning amaldagi prezidenti Emmanuel Makron prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida 58,54 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi, uning raqibi Marin Le Pen mag‘lubiyatini tan oldi.

Saylovlarning birinchi turida Makronga 27,85 foiz, Le Penga esa 23,15 foiz saylovchi ovoz bergandi.

Makron 2002-yildan buyon ikkinchi marta g‘alaba qozongan ilk fransiyalik prezidentga aylandi. Birinchi marta u hokimiyat tepasiga 2017-yilgi saylovlarda kelgandi (o‘shanda u Le Penni 66,1/33,9 foiz ovozlar nisbati bilan ortda qoldirgan).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov