Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qisman safarbarlik e’lon qilingandan so‘ng, tyumenliklar orasida chet elda ish topishga qiziqish sezilarli darajada oshdi. Ular qiziqish bildirayotgan davlatlar orasida O‘zbekiston ham mavjud. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Foto: HuffPost

Foto: HuffPost

Tyumenning HR agentliklari bunday so‘rovlar soni besh baravar ko‘payganini ta’kidladi.

O‘tgan oy davomida Tyumen viloyatidan ish izlovchilarning 26 foizi boshqa mintaqaga ko‘chib o‘tishga tayyorligini bildirgan.

Ular orasida ko‘chib o‘tish uchun eng mashhur davlatlar Qozog‘iston (12 foiz), Gruziya (5 foiz), Belarus (4 foiz), O‘zbekiston (3 foiz), Ozarbayjon (3 foiz), AQSH (3 foiz), Turkiya (2 foiz), Kanada (2 foiz), Germaniya (2 foiz) va BAA (2 foiz).

Ilgari har oyda xorijda ishlash uchun 6—7 tadan so‘rovlar kelib tushayotgan bo‘lsa, hozir haftasiga 30 dan ortiq bunday murojaatlar kelib tushmoqda, — dedi Forward Company rekruting agentligi rahbari Tatyana Badanova.

Bundan tashqari, viloyatdan chiqib ketayotganlar uchun hujjatlarni tarjima qilish xizmatlariga bo‘lgan talab 20-30 foizga oshdi, mamlakatga kiruvchi shaxslar uchun esa tarjima buyurtmalari soni 10-15 foizga kamaydi.

Avvalroq safarbarlikdan so‘ng rossiyaliklar eng ko‘p O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarning sayohat sug‘urtasini sotib olgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Telegram’da kriptovalyuta savdosi va ularni saqlash vositalari bo‘ladi” — Durov
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 154 kishida koronavirus qayd etildi
Sport
JCH—2022 da nimchorak finalning to‘rtta juftligi aniqlandi