Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahrida 3 nafar harbiy xizmatchi tomonidan bankomatlardan pul o‘g‘irlashga urinish holati sodir etilgani bo‘yicha ma’lumotlar tarqaldi. Mudofaa vazirligi holat bo‘yicha munosabat bldirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, harbiy xizmatchilar toifasiga O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Prezident davlat xavfsizligi xizmati va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralarning qo‘shinlar tarkibida xizmat qilayotgan shaxslar kiradi.

Qo‘lga olingan harbiy xizmatchilarning Mudofaa vazirligiga hech qanday aloqasi yo‘q, ular Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hisoblanadi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlar tarqatishdan avval harbiy xizmatchilar qaysi bir vazirlik yoki idora vakili ekani aniqlangandan so‘ng aniq faktlarga asoslangan holda tarqatilishi maqsadga muvofiqdir. Umumiy ravishda tarqatilgan ma’lumotlar barcha vazirlik va idoralarning harbiy xizmatchilari sha’niga putur yetkazishi mumkin, — deyiladi munosabatda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi