Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya hukumati “Shimoliy oqim”ning portlagan quvurlaridan eksportni tiklash uchun Qora dengiz orqali Turkiyaga gaz quvurlarini kengaytirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya va Yevropa Ittifoqi chegarasida yirik gaz xabi yaratilishi mumkin.

Rossiya 2014-yilda ham xuddi shunday diplomatik manyovrni amalga oshirgan edi, bu esa Germaniya bilan “Shimoliy oqim-2” qurilishi bo‘yicha kelishib olishga imkon bergan.

Ammo hozirgi vaziyatda yevropalik iste’molchilar Rossiya gaziga qiziqish bildirmasligi mumkin, ayniqsa hozir buni amalga oshirish uchun ulardan katta yangi sarmoya talab etiladi.
Rossiya shikastlangan “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim 2” gaz quvurlaridan kelayotgan gaz oqimini Turkiyaga yo‘naltirishga tayyor. Bu orqali Yevropaga 14 milliard kub metr gaz tashish mumkin, — dedi prezident Vladimir Putin.

Foto: “Liga.net”

Foto: “Liga.net”

Unga ko‘ra, yo‘qolgan tranzit hajmini Boltiq dengizi tubi bo‘ylab “Shimoliy oqim” orqali Qora dengiz mintaqasiga ko‘chirish, shu tariqa uni Yevropaga yetkazib berishning asosiy yo‘liga aylantirish va Turkiyadagi eng yirik gaz markazini yaratish mumkin.

Sentabr oyidagi sabotaj “Shimoliy oqim” gaz quvurlari tizimining to‘rtta liniyasidan kamida uchtasini ishdan chiqardi.

Vladimir Putin “Gazprom” shirkati “Shimoliy oqim 2” gaz quvurining saqlanib qolgan B liniyasi orqali gaz yetkazib berishga tayyorligini, biroq buning uchun quvurni sertifikatlashtirish zarurligini aytdi.

Germaniya hukumati Ukrainada urush boshlanish arafasida bu jarayonni to‘xtatgan. Endi Rossiya gazi Yevropaga faqat Ukraina va “Turk oqimi” orqali yetkazib berilmoqda.

“Shimoliy oqim” liniyalarining holati noma’lum, chunki loyiha operatori ularni o‘rganishni hali boshlay olmadi.

Foto: AFP Photo

Foto: AFP Photo

Shunga qaramay, “Gazprom” rahbari Aleksey Millerning ta’kidlashicha, “Shimoliy oqim” ishini qayta tiklash yillar talab qilishi, shu sababli, quvvatlarni Qora dengiz yo‘nalishiga tezroq o‘tkazishi mumkin.

Anapani Turkiyaning Yevropa qismi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘laydigan “Turk oqimi”ning qurilishi uch yil davom etadi.

Aleksey Millerning ta’kidlashicha, gaz quvuri faqat ikkita iqtisodiy zonadan — Rossiya va Turkiyadan o‘tadi. U yerdagi chuqurlik Boltiqbo‘yidagi kabi emas, aftidan, yangi gaz quvuriga diversantlarning borishi qiyinroq bo‘ladi.

“Gazprom”ning bunday gaz quvurlarini yotqizish uchun texnik imkoniyati bormi yoki yo‘qligi aniq emas, chunki 2021-yilda Rossiyaning “Akademik Cherskiy” va “Fortuna” kemalari tomonidan “Shimoliy oqim-2” dagi ishlar ancha sayozroq (100 metrdan kam) chuqurlikda amalga oshirilgan va o‘rtacha yotqizish tezligi avvalgi pudratchi Shveysariyaning Allseas kompaniyasinikidan bir necha baravar past edi.

“Turk oqimi” ning mavjud tarmoqlari xuddi o‘sha Allseas tomonidan yotqizilgan, hozirda AQSH sanksiyalari tufayli Rossiyadan barcha yangi gaz quvurlariga kompaniyani jalb qilishning iloji yo‘q.

Vladimir Putin G‘arbiy Yevropa xaridorlari bilan muloqotda o‘z pozitsiyasini mustahkamlash uchun Turkiya bilan gaz bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish imkoniyati haqidagi argumentdan birinchi marta foydalanayotgani yo‘q.

Shunday qilib, 2014-yilda Rossiya va Yevropa o‘rtasidagi munosabatlar sovuqlashganidan so‘ng, “Janubiy oqim” loyihasi bekor qilindi. Bu loyiha Rossiyadan Qora dengiz orqali Bolgariyaga va undan keyin Markaziy Yevropaga yiliga 64 milliard kubometr quvvatga ega gaz quvurini qurishni nazarda tutgan.

Foto: Caspian news

Foto: Caspian news

Buning o‘rniga “Gazprom” “Turk oqimi”ni to‘g‘ridan to‘g‘ri Turkiyaga yotqizishga qaror qilgan.

Biroq olti oy o‘tgach, Rossiya va Germaniya “Shimoliy oqim-2” qurilishi bo‘yicha kelishib olgan, shundan so‘ng “Turk oqimi”ning o‘tkazuvchanligi ikki baravar kamaytirilib, hozirgi 32 milliard kub metrga yetgan.

2015-yilda Turkiyaning o‘zi Rossiya gazini Yevropa Ittifoqi bilan chegarada savdo qilish uchun ayirboshlash platformasini yaratish masalasini ko‘targan edi, biroq “Gazprom”ning talabi bilan bu munozaralar to‘xtatilgan.

“Gazprom” keyinchalik Rossiyada gazni G‘arbiy Yevropa mijozlariga, asosan, “Shimoliy oqim” orqali sotish uchun elektron savdo maydonchasini ishga tushirgan.

Vygon Consulting kompaniyasidan Mariya Belovaning qayd etishicha, Turkiyaning gaz markaziga aylanish borasidagi ilk urinishlari 1980-yillar oxirida Qatar gazini rejalashtirilgan Qatar—Iroq—Turkiya—Yevropa gaz quvuri orqali tranzit qilish imkoniyati haqidagi muhokamalardan boshlangan.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Keyin muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchradi va Qatar gazni LNG shaklida eksport qilishni tanladi.

Hozir Turkiya rivojlangan gaz transporti infratuzilmasiga ega — mamlakat Rossiya, Ozarbayjon, Eron, Iroq va Markaziy Osiyo gazining tranzit mamlakatiga aylanishga intilmoqda.

Yevropaning siyosiy manfaati yuzaga kelgan taqdirda Turkiya uni “shaxssiz” gaz bilan ta’minlay oladi, biroq buning uchun mintaqaning janubiy-shimoliy yo‘nalishidagi gaz quvurlari infratuzilmasiga keng ko‘lamli sarmoya kiritish kerak, — deb hisoblaydi tahlilchi.
Energetika va moliya instituti xodimi Sergey Kondratiyevning fikricha, hozirgi vaziyatda Yevropa davlatlari Turkiya orqali Rossiya gazi xaridini oshirishga tayyor bo‘lishi dargumon: yangi gaz quvurlarini qurish uchun yillar kerak.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston madhiyasi qabul qilinganiga 30 yil to‘ldi. Davlat ramzi tarixiga qisqacha nazar
Mahalliy
O‘zbekistonda Ai-80 markali benzin narxi tushishi kutilmoqda
Dunyo
Malakali mutaxassislar uchun 2022-yildagi eng jozibador davlatlar reytingi e’lon qilindi