Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSH prezidenti Jo Bayden Indoneziyadagi G20 sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishni rejalashtirmayapti — hatto narkotiklar kontrabandasida ayblanayotgan basketbolchi Brittni Graynerni ayirboshlash masalasi bo‘yicha ham. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

Foto: Global Look Press

Foto: Global Look Press

“Uning Vladimir Putin bilan uchrashish niyati yo‘q”, — dedi u.

Jan-Pyer qayd etishicha, Bayden Rossiya tomoni AQSH tomonidan berilgan, mahbuslarni ayirboshlash haqidagi taklifni qabul qilishi kerakligiga ishonchi komil, aks holda, Rossiyaning o‘zi muzokaralar haqidagi javob taklifi bilan chiqishiga to‘g‘ri keladi.

G20 sammiti 15—16-noyabr kunlari Indoneziyada o‘tkazilishi kerak. Indoneziya tashqi ishlar vaziri Retno Marsudi Rossiya va Ukraina prezidentlari sammitda qatnashishini ma’lum qildi.

Avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden G20 yetakchilarining navbatdagi yig‘ilishida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishni istisno qilmagan edi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov esa agar AQSH tomonidan taklif kiritilsa, Kreml G20 sammitida Rossiya va Amerika prezidentlarining uchrashish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.

Keyinroq Bayden Indoneziyadagi G20 sammitida Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan uchrashishdan ma’no yo‘qligini aytdi. Baydenning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv haqidagi qaror Putin nima haqida gaplashmoqchi ekanligiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, agar Putin narkotiklar kontrabandasida ayblanayotgan basketbolchi Britni Grinerni ayirboshlashni muhokama qilmoqchi bo‘lsa, u suhbatga rozi bo‘ladi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy G7 mamlakatlari yetakchilarining onlayn uchrashuvida keskin nutq so‘zlab, G7 davlatlari rahbarlarini Rossiyaning amaldagi rahbari bilan hech qanday muloqot bo‘lishi mumkin emasligi borasidagi aniq haqiqatni tan olishga chaqirdi, chunki Rossiya rahbarining o‘zi Ukrainaning yillar davomida tinchlik muzokaralarini o‘tkazishga urinishlariga qaramay, muloqotni rad etgan.

G20 sammiti (eng rivojlangan va rivojlanayotgan iqtisodiyotiga ega mamlakatlar, jumladan, Yevropa Ittifoqi davlatlari, AQSH, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Braziliya, Saudiya Arabistoni va boshqalarni birlashtiradi) 15—16-noyabr kunlari Balida bo‘lib o‘tadi. Indoneziya aprel oyida G20 yetakchilariga taklif yuborgan. Ukraina assotsiatsiyaga a’zo bo‘lmasa-da, tadbirga prezident Vladimir Zelenskiy ham taklif etilgan.

Ma’lumot uchun, avvalroq AQSH Rossiyaga josuslik haqidagi modda bo‘yicha Rossiyada sudlangan Pol Uilan va narkotiklar kontrabandasi bo‘yicha sudlangan basketbolchi Brittni Graynerni AQSHda noqonuniy qurol yetkazib berish ayblovi bo‘yicha 25 yilga hukm qilingan Viktor Butga ayirboshlashni taklif qilgan.

Rossiya TIV Moskva va Vashington o‘zlarining hibsdagi fuqarolarini ayirboshlash bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani, biroq hozircha aniq bir natijalar yo‘qligini qayd etgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi
Mahalliy
O‘zbekistonda noyabr oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Mehnati ko‘p bo‘lsa-da, maoshi kam, olgan puli halol bo‘lsin”. Jamoatchilik elektr montyorlarni olqishlamoqda