Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Anaqara Ukrainadagi ziddiyat diplomatik yo‘l bilan tartibga solinishi tarafdori va tomonlar o‘rtasida yarashuvga erishish uchun o‘z sa’y-harakatlarini davom ettirish niyatida. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Ostonada bo‘lib o‘tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari kengashi sammitida aytib o‘tdi, deb yozadi “RBK”. Ushbu sammitda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham qatnashmoqda.

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

“Bizning maqsadimiz — ba’zi qiyinchiliklarga qaramay, hozir erishilgan sur’atni saqlab qolish va, sulhga erishib, iloji boricha tezroq qirg‘inni to‘xtatish”, — dedi u.

Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi jangovar harakatlar oqibatlarini “mintaqaviy va global ko‘lamda” barcha mamlakatlar his qilmoqda. Turkiya yetakchisi ushbu oqibatlarni bartaraf etishda o‘z mamlakati erishgan “ahamiyatli yutuqlar”ni, xususan, Ukraina portlarida qolib ketgan donni chiqarib ketish imkonini bergan bitimni yana bir bor ta’kidlab o‘tdi.

Avvalroq Moskva va G‘arb o‘rtasida Ukraina bo‘yicha muzokaralarda vositachilikni taklif qilish uchun Erdo‘g‘on Putin bilan Ostonada uchrashishi xabar berilgan edi. “Prezident Erdo‘g‘on Putin bilan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga erishish uchun biz ko‘rishimiz mumkin bo‘lgan choralarni, bizning istiqbollarimizni muhokama qiladi”, — degan edi Turkiya yetakchisining rasmiy vakili Ibrohim Kalin.

Sentabr oxirida Erdo‘g‘on rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni Ukraina atrofidagi keskinlikni kamaytirish va Ukraina donini olib chiqish bo‘yicha kelishuvni uzaytirish uchun qadamlar tashlashga chaqirgandi. Shuningdek, Erdo‘g‘on, DXR, LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlaridagi referendumlar masalasiga to‘xtalib, Putinga tinchlikka yana bir imkoniyat berishni taklif qilgandi.

Turkiya Rossiyaning Ukrainaga hujumi boshlanganidan keyin ular o‘rtasida ko‘p marta vositachilik qilgan. Xususan, “don kelishuvi” Turkiya ishtirokida tuzilgan bo‘lib, u Ukraina portlaridan don import qilishni boshlash imkoniyatini bergandi. Shuningdek, Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashinuvidan keyin, “Azov” polki komandirlari Turkiyaga yuborilgandi.

Erdo‘g‘onning o‘zi ham Rossiya, ham Ukraina bilan “ochiq muloqot” olib borayotgan yagona yetakchi ekanini ta’kidlagandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkent viloyatida 2023-yilda 9 ming gektar maydon qisqartirilib, 25 sotixdan aholiga beriladi
Mahalliy
Toshkent viloyatida kelin qaynonasiga 20 marta pichoq urdi (video)
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi