Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Yuventus” Chempionlar Ligasining 4-turida “Makkabi”ga yutqazib qo‘ydi (0:2).

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Turinliklar musobaqa joriy mavsumidagi to‘rtta o‘yinning uchtasida mag‘lubiyatga uchradi. Bundan avval “Yuventus” “PSJ” (1:2) va “Benfika”ga (1:2) yengilgandi.

Guruh bosqichidagi yagona g‘alaba “Makkabi”ga qarshi birinchi o‘yinda qayd etilgandi (3:1).

Bu mavsumga qadar “Yuventus” biror marta YCHLning dastlabki to‘rtta turida uch bor mag‘lub bo‘lmagandi.

Massimiliano Allegri shogirdlari 3 ochko to‘plagan holda uchinchi o‘rinda qolmoqda. “PSJ” va “Benfika”da 8 tadan ochko mavjud.

“Yuventus” barcha musobaqalar doirasidagi so‘nggi olti o‘yinning to‘rttasida mag‘lubiyatga uchradi. “Keksa sinyora” joriy mavsumdagi 13 ta o‘yinda 5 mag‘lubiyat, 4 durang va 4 mag‘lubiyat qayd etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda benzin narxlarini sun’iy oshirgan AYOQSHlarga tegishli chora ko‘rilishi ma’lum qilindi
Dunyo
Armanistonda 25 ming inson umriga zomin bo‘lgan zilzila, Yaponiyaning Perl-Harborga hujumi va Janubiy Koreya qamoqxonasida 40 yil o‘tirgan KXDR fuqarosi. Kun xrono...
Sport
JCH—2022 da barcha chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi