Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda qonunga xilof ravishda ishdan bo‘shatilgan 925 nafar shaxs ishga tiklandi, to‘lanmay qolgan 61 milliard so‘mlik ish haqlari undirildi. Bu haqda AOKAda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

MIB organlari tomonidan o‘tgan davrda jami 21,8 trillion so‘mlik undiruvlar amalga oshirildi (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,7 trillion so‘m ko‘p). Davlat foydasiga 8,5 trillion so‘m, tadbirkorlik va boshqa subyektlari foydasiga 6 trillion so‘m, banklarga 5,8 trillion so‘m va fuqarolar manfaatlari uchun 1,4 trillion so‘mdan ortiq undiruvlar bajarildi.

Ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlar uchun joriy etilgan “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”ga 416,4 milliard so‘m yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan 69,1 milliard so‘m ko‘p mablag‘ yo‘naltirildi.

Moddiy yordamga muhtoj farzandlar foydasiga 1 trillion so‘mdan ortiq aliment pullari undirildi, shundan 9,2 milliard so‘mlik 61 ta uy-joy va 636,6 million so‘mlik 8 ta transport vositasi aliment oluvchilarga oldindan to‘lov sifatida berilishi ta’minlandi. 20 mingga yaqin ishsiz aliment to‘lovchi ishga joylashtirildi, 41 mingdan ortiq oilalarni yarashtirishga erishildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi