Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Daryo” nashri 7-oktabrda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.

Taniqli xonanda Davron G‘oyipov o‘z tug'ilgan kunida, 61 yoshida vafot etdi

O‘zbekistonlik taniqli rok-pop yulduzi Davron G‘oyipov vafot etdi.  Bu haqda suxandon va xonanda Tolibjon Isroilov Instagram’dagi sahifasida xabar qildi.

“Mamlakat yana bir afsonasidan ayrildi. Bugun o‘z tug‘ilgan kunida rok-pop yulduzi Davron G‘oyipov olamdan o‘tdi”, deb yozadi Tolibjon Isroilov.

Davron G‘oyipov 1961-yil 7-oktabrda tug‘ilgan. Maktabni bitirganidan keyin 1978-yilda u “Yalla” guruhiga bas gitarachi sifatida taklif qilinadi. 1980-yilda Davron G‘oyipov boshchiligida O‘zbekistondagi ilk rok guruhi — “Original” tuziladi. 1980-yillar boshlarida ijro etilgan “Bu nima bu?” qo‘shig‘i guruhga katta mashhurlik olib kelgan.

Bundan tashqari, “Qaydasan”, “Kerak emas shahlo ko‘zlaring”, “Otkritoye okno” kabi qo‘shiqlar ham muxlislar ko‘ngillaridan joy olgan.

Braziliya va Meksika Rossiyaning Ukrainadagi bosqinini qoralovchi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlamadi

Braziliya, Meksika va Argentina Amerika davlatlari tashkilotining (OAS) yillik yig‘ilishida Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotini qoralovchi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlamadi, deb xabar bermoqda Infobae.

Hujjatni Gvatemala tashqi ishlar vaziri Mario Bukaro taqdim etgan. “Rossiyaning Ukrainadagi agressiyasini to‘xtatish bo‘yicha izchil chaqiriqlar to‘g‘risida” deb nomlangan rezolyutsiyada Rossiya hukumatini “harbiy harakatlarni to‘xtatish, Ukrainadan qo‘shin va harbiy texnikasini olib chiqish hamda dialog va diplomatiya yo‘liga qaytishga chaqirish zarurati nazarda tutilgan”.

Aprel oyida OAS Kengashi Ukrainadagi jangovar harakatlar tufayli Rossiyaning tashkilotdagi kuzatuvchi maqomini to‘xtatib qo‘ygan edi.

Zelenskiyning matbuot kotibi Ukraina prezidenti NATOni Rossiyaga preventiv zarba berishga chaqirmaganini aytdi — u 24-fevralgacha bo‘lgan davrni nazarda tutgan

Ukraina prezidentining matbuot kotibi ma’lum qilishicha, Vladimir Zelenskiy NATOni Rossiya tomonidan yadro quroli qo‘llanilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun unga preventiv zarba berishga chaqirmagan.

6-oktabr kuni kechqurun Ukraina prezidenti Avstraliyaning siyosiy va iqtisodiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi Loui instituti tadbirida videoaloqa orqali so‘zlagan nutqi katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

“NATO nima qilishi kerak? Rossiyaning yadro qurolidan foydalanish ehtimolini yo‘q qilish lozim. Lekin eng muhimi, xuddi 24-fevralgacha bo‘lgani kabi men yana bir bor xalqaro hamjamiyatga murojaat qilaman: agar yadro quroldan foydalanilsa, ularning taqdiri nima bo‘lishini bilishlari uchun oldindan zarba berish kerak. Rossiyaning yadroviy zarbalarini kutib, ulardan keyin zarba bergandan foyda yo‘q”, — dedi Zelenskiy.

Zelenskiy preventiv yadro zarbasini nazarda tutayotgani yoki gap oddiy qurol haqida ketayotganiga aniqlik kiritmadi. Biroq Rossiya hukumati vakillari uning bayonotini aynan yadro qurolini qo‘llashga da’vat deb qabul qildi.

Ayni vaziyatda AQSH NATOga 1997-yildan keyin qo‘shilgan mamlakatlarga, shu jumladan, Polshaga yadro qurolini joylashtirishni rejalashtirmayapti, deya ma’lum qildi Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Vedant Patel. Polsha Shimoliy Atlantika alyansiga 1999-yilda qo‘shilgan.

Putin prezidentlikdan ketsa, uning lavozimiga kim da’vogarlik qilishi mumkinligi ma’lum qilindi

Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevning o‘g‘li, qishloq xo‘jalik vaziri Dmitriy Patrushev Vladimir Putin Rossiya prezidentligidan ketgan taqdirda, ushbu lavozimga da’vogarlik qilishi mumkin. Bu haqda The Washington Post siyosiy tahlilchilarga va Nikolay Patrushevga yaqin manbaga tayanib yozmoqda.

Iyul oyida The Washington Post Dmitriy Patrushevning otasi, Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Kremlda “harakatlantiruvchi kuch”ga aylangani, uning omma oldidagi nutqlari esa kelajakda Vladimir Putinning lavozimini egallash istagidan darak berishi mumkinligi haqida yozgandi.

Ta’kidlanishicha, Putinning prezident lavozimidan ayrilishi ehtimoli haqidagi muhokamalar Rossiyaning xalqaro maydonda yakkalab qo‘yilishi, shuningdek, frontdagi muvaffaqiyatsizliklardan ichki noroziliklar fonida kuchaygan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi