Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina prezidentining matbuot kotibi ma’lum qilishicha, Vladimir Zelenskiy NATOni Rossiya tomonidan yadro quroli qo‘llanilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun unga preventiv zarba berishga chaqirmagan.

“Hamkasblar, sizlar yadro vasvasiga chuqur kirishib ketdingiz, endi esa aslida yo‘q joylarda ham yadro zarbalarini eshityapsiz”, — deb yozdi Sergey Nikiforov o‘z Facebook’ida.

Sergey Nikiforov

Sergey Nikiforov
Foto: Ukraina prezidenti ofisi

Ukraina prezidenti matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy preventiv choralarni 24-fevralgacha qo‘llash kerak bo‘lgani haqida gapirgan, “Rossiya urush boshlashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun” “preventiv sanksiyalar” bilan cheklanib qolish kerak bo‘lmagani haqida aytgan.

Nikiforov qo‘shimcha qilishicha, “dunyoni Zaporojye AESdagi portlashlar bilan shantaj qilish va yadro qurolini qo‘llashga hadeb shama qilaverish faqat Rossiya terrorchi davlatining qo‘lidan keladi”.

“Ukrainadan bunday chaqiriqlarni hech qachon eshitmaysiz”, — deya ta’kidladi u.

6-oktabr kuni kechqurun Ukraina prezidenti Avstraliyaning siyosiy va iqtisodiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi Loui instituti tadbirida videoaloqa orqali so‘zlagan nutqi katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. “NATO nima qilishi kerak? Rossiyaning yadro qurolidan foydalanish ehtimolini yo‘q qilish lozim. Lekin eng muhimi, xuddi 24-fevralgacha bo‘lgani kabi men yana bir bor xalqaro hamjamiyatga murojaat qilaman: agar yadro quroldan foydalanilsa, ularning taqdiri nima bo‘lishini bilishlari uchun oldindan zarba berish kerak. Rossiyaning yadroviy zarbalarini kutib, ulardan keyin zarba bergandan foyda yo‘q”, — dedi Zelenskiy.

Zelenskiy preventiv yadro zarbasini nazarda tutayotgani yoki gap oddiy qurol haqida ketayotganiga aniqlik kiritmadi. Biroq Rossiya hukumati vakillari uning bayonotini aynan yadro qurolini qo‘llashga da’vat deb qabul qildi. Xususan, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina prezidentining nutqini “oldindan aytib bo‘lmaydigan dahshatli oqibatlarga olib keluvchi jahon urushini boshlashga da’vat” deb atadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Foto: Zarbalardan keyin chiroqsiz qolgan Ukrainaning koinotdan ko‘rinishi
Mahalliy
Andijonda Isuzu va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 41 kishi jarohatlandi, 3 nafari voqea joyida halok bo‘lgan
Dunyo
Sena daryosi bo‘ylab sayr: turli-tuman qiyofalar va mashhur tarixiy obidalar — suratlarda