Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudidan bir nechta sudya ushlangani va qamoqqa olingani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarga oydinlik kiritish maqsadida “Daryo” muxbiri tegishli idoralardan izoh oldi.

Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidovning ma’lum qilishicha, ayni vaqtda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida faoliyat olib borayotgan sudyalar orasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qamoqqa olingan, tergovga jalb qilingan va jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan sudyalar yo‘q.

Bosh prokuratura axborot xizmati boshlig‘i Hayot Shamsutdinov holat haqiqatan bo‘lgani haqida na inkor, na tasdiq javobini berdi.

“Tergov siri nuqtayi nazaridan ma’lumotlar oshkor qilinmaydi. Lozim topilganda tergov yakuni bo‘yicha ma’lumotlar jamoatchilikka e’lon qilinadi”, — dedi Hayot Shamsutdinov.

Huquqshunos Saidali Muxtoraliyevning o‘z Telegram kanalida ma’lum qilishicha, haqiqatan ham shunday tadbir o‘tkazilgan.

“Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, ular Toshkent tumanlararo iqtisodiy sud sudyalari emas, balki shu sudda avval ishlagan sudyalar”, — deb yozgan huquqshunos.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi