Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ijtimoiy tarmoqlarda Oliy sudda kadrlar almashinuvi yuz bergani, xodimlar yoppasiga ishdan bo‘shagani haqida xabarlar tarqaldi. Oliy sud axborot xizmati holatga aniqlik kiritdi.

Qayd etilishicha, tashkilotning turli boshqarma va bo‘limlarida har xil lavozimlarda (sudyalar emas) ishlagan 11 nafar xodim sudya bo‘lish istagida imtixonlardan muvaffaqiyatli o‘tib, Sudyalar oliy maktabiga o‘qishga qabul qilingan.

Nafaqa yoshidagi 7 nafar xodim (4 nafari Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasidan, 3 nafari esa boshqa boshqarma va bo‘limlardan) o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilgan. Shu munosabat bilan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

“Ma’lumot uchun, qonunda belgilanganidek, sudyalarni saylash (tayinlash) va ularning vakolatini tugatish masalasi Oliy sud vakolatiga kirmaydi”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, hozirda mavjud bo‘sh (vakant) ish o‘rinlarini yosh va malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish yuzasidan zarur choralar ko‘rilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda MDHga a’zo davlatlar rahbarlari norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi (foto)
Kino
Vaqtingizga achinmaysiz: So‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi multfilmlari (video)
Dunyo
Putin va harbiylar o‘rtasidagi yopiq uchrashuvdan so‘ng, Rossiya davlat matbuotiga urushdagi muvaffaqiyatsizliklar haqida yozishga ruxsat berildi