Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tailand shimoli-sharqidagi bolalar bog‘chasida noma’lum qurolli shaxs otishma sodir etdi. Oqibatda 34 kishi halok bo‘ldi, ulardan 22 nafari bolalar. Bu haqda mahalliy politsiya vakiliga tayanib Reuters xabar bermoqda.

Tailandning Khaosod nashri xabar berishicha, yana 12 kishi jabrlangan, ulardan sakkiz nafarining ahvoli og‘ir.

Voqea Nongbualampxu provinsiyasida sodir bo‘lgan. Qotil o‘qotar qurol va pichoqlar bilan qurollangan. Hujum sabablari hozircha noma’lum, ammo OAV ma’lumotlariga ko‘ra, u avval politsiyada ishlagan va yaqinda ishdan bo‘shatilgan edi.

Hujumchi voqea joyidan berkinishga muvaffaq bo‘lgan. Boshqa ma’lumotlarda esa u o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda. Boshqa xabarlarga kora, erkak xotini va bolalarini ham otib o‘ldirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi