Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Navoiy shahrida zaxiradagi yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Navoiy shahri bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro E.M. boshqa bir fuqaro D.ga 83 million so‘mga zaxiradagi 16 sotix yer maydonini sotishga kelishib, aldov yo‘li bilan 6 ming dollar va 17 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev akademik Abdumavlon Abdullayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Dunyo
YI Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina va Gruziya hududlarida berilgan pasportlarni tan olmaydi
Dunyo
Zelenskiy idorasi Ukrainadagi urush qanday tugashini prognoz qildi