Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining matbuot kotibi Durdona Ochilova iyun oyida bergan axborotida 2021-yilning eng ko‘p summadagi poraxo‘rlik jinoyati 2 million dollar, deb keyinroq 200 ming dollarga o‘zgartirilgani haqida xabar bergan edi. Bu agentlikning birinchi marotaba aytib, keyin qaytib olishi emas. Iyul oyida ham berilgan axborotda Mudofaa vazirligi 36 milliard 1 million so‘m mablag‘ni davlat xaridlariga oid qonunga zid ravishda ishlatgan, deb xabar tarqatib, keyinroq berilgan ma’lumotni tahrirlab qo‘ygan edi.

“Daryo”ning agentlik axborot xizmatiga bir necha bor qilgan so‘rovlaridan keyin 4 oy o‘tib, 2021-yilning eng katta poraxo‘rligi haqida juda qisqa ma’lumot taqdim etildi.

Aytilishicha, mazkur poraxo‘rlik jinoyati yer ajratish (oldi-sotdi) bilan bog‘liq hisoblanadi. Lekin agentlik axborot xizmati pora qaysi mansabdorga berilgani va qachon berilgani, ish nima bilan yakun topganiga oydinlik kiritmagan.

Joriy 2022-yilda ham noqonuniy yer oldi-sotdisi bo‘yicha bir nechta holatlar qayd etilmoqda. Xususan, iyul oyida Toshkent viloyatida uch holatda: 3 gektar yerni 350 ming dollarga, 4,5 gektar yerni 240 ming dollarga va 1 gektar yerni 400 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangan. Sirdaryo viloyatida ham daryo qirg‘og‘idagi 4,5 gektar yerni 240 ming dollarga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olingan.

Hokim ham noqonuniy yer ajratishga aralashgan!

Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov boshchiligida 27-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishda Farg‘ona tumani hokimi Shuhratjon Mo‘minovni noqonuniy yer sotish ishiga aralashgani bois lavozimidan ozod etilganini aytgan edi.

“Farg‘ona tumani, Mo‘minov. Siz juda yaxshi bilasiz, alohida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sizning tumaningizda tendersiz yer maydonlarini ajratish bo‘yicha qarorlar chiqarilgan. Unumdor bo‘lgan 25 gektardan ko‘p yer maydonini biriktirish evaziga nimalar bo‘lganini ham juda yaxshi bilasiz”, — degan edi Sardor Umurzoqov.

Administratsiya rahbari hokimning jinoiy javobgarlikka tortilishi yoki tortilmasligi masalasi bo‘yicha ikki hafta ichida ko‘rib chiqilishini qo‘shimcha qilgandi. Yig‘ilishda hokimni noqonuniy yer ajratishda aynan qanday aloqasi borligiga ayniqlik kiritilmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi