Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Liz Trass hukumati energiya inqirozi sharoitida uy xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash va’dalarini bajarish uchun 140 milliard funt sterling (taxminan 150 milliard dollar) sarflashi mumkin. Bu haqda Britaniyaning The Guardian gazetasi xabar berdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Nashrning Cornwall Insight tahlilchilariga tayanib yozishicha, Britaniya rasmiylari elektr energiyasi narxi oshishini cheklash uchun “katta mablag‘” to‘plashi kerak bo‘ladi. 

Geosiyosiy vaziyatning rivojlanishi va ob-havo sharoitiga qarab, bu miqdor 72 dan 140 milliard funt sterlinggacha bo‘lishi mumkin. 

 

Gazeta intervyu bergan bir qator britaniyalik ekspertlar hukumat budjetidan zarur moliyaviy resurslarni ta’minlay olishiga shubha qilmoqda. 

Shu munosabat bilan “moliya bozorlari” yuqori inflyatsiya fonida “kelajakda iqtisodiy vaziyat yomonlashishi mumkinligidan xavotirda”, deya xulosa qiladi nashr.

Sentabr oyi boshida Birlashgan Qirollik Bosh vaziri o‘rtacha uy elektr energiyasi uchun to‘lovni 2,5 ming funt sterling (taxminan 2 675 dollar) bilan cheklash rejasini e’lon qildi. 

Yoqilg‘i narxining tez o‘sishi britaniyaliklarni elektr energiyasini tejashga majbur qilmoqda. Narxlar 2021-yilga nisbatan ikki baravar oshdi. 

1-oktabr holatiga ko‘ra, Buyuk Britaniya 1950-yillardan beri turmush darajasining eng katta pasayishi xavfi ostida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi