O‘zbekistonliklar 2022-yilning birinchi choragida xorijiy davlatlarga 875 mln dollarlik shaxsiy transfertlar jo‘natgan. Bu haqda “Daryo”ga Markaziy bank hisobotidan ma’lum bo‘ldi.
Eng ko‘p pul o‘tkazmalarini O‘zbekistondan Turkiya qabul qilmoqda — 247 mln dollar. Bu borada u 210 mln dollar bilan keyingi o‘rinni egallagan Rossiyani ortda qoldirdi.
Xitoyga 84 mln, Qirg‘izistonga 64 mln dollarlik shaxsiy transfertlar o‘tkazilgan va ular mos ravishda uchinchi va to‘rtinchi o‘rinda qayd etilgan. Yuqori beshlikni 54 mln dollar bilan Qozog‘iston yakunlab berdi.
Shuningdek, 2022-yilning birinchi choragida O‘zbekistondan AQSHga 30 mln dollarlik pul o‘tkazmalari yuborilgan bo‘lsa, Ukraina bilan bu ko‘rsatkich 8 mln dollar bo‘lgan.
O‘zbekistonga va O‘zbekistondan o‘tkazilgan shaxsiy transfertlar farqi — 5,6 mlrd dollar.
Avvalroq O‘zbekistonga qaysi davlatlardan ko‘proq pul o‘tkazilishi ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh (0)