Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘istonning Uralsk shahrida tungi klub yonida mushtlashgan Rossiya fuqarolari mamlakatdan chiqarib yuboriladi, deb xabar bermoqda Tengrinews.

Foto: Tengrinews

Foto: Tengrinews

“Uralsk ixtisoslashtirilgan ma’muriy sudi ‘Xorijliklarning huquqiy holati to‘g‘risida’gi qonunning 28-moddasiga asosan, mushtlashuvning barcha ishtirokchilarini mamlakatdan tashqariga chiqarib yuborish haqida qaror qabul qildi”, — deyiladi xabarda.

Hodisa 30-sentabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan . Politsiyachilar kuzatuv kameralari orqali Uralsk tungi klublaridan birining yonida erkaklar janjallashayotganini aniqlagan. Huquq-tartibot organlari ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya fuqarolari alkogol mastlik holatida o‘zaro mushtlashgan.

Tartibbuzarlarga nisbatan bezorilik, jamoat joyiga mast holda kelish, osoyishtalikni buzish moddalari bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan va 5 sutkaga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada 21-sentabr kuni safarbarlik e’lon qilinganidan keyin Gruziya, Qozog‘iston, Finlyandiya bilan chegaralarda harbiy xizmatga chaqirilishdan xavfsirab, mamlakatni tark etayotgan rossiyaliklardan iborat katta navbatlar va avtomobil tirbandliklari yuzaga keldi. Juda ko‘p sonli rossiyaliklar Qozog‘iston hududiga o‘tdi.

Qozog‘iston OAVlarining xabar berishicha, mamlakatning Rossiya bilan chegara o‘tish joylarida ko‘p kilometrlik navbatlar barham topib, vaziyat normal holatga qaytmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi