Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Finlyandiya bilan chegarasida joylashgan Torfyanovka o‘tkazish punktida (Leningrad viloyati Viborg tumani) harbiy xizmatga chaqiruv ko‘chma punkti ishga tushdi, deb xabar bermoqda “47news.ru” nashri.

Finlyandiya bilan chegaradagi ko‘chma safarbarlik punkti

Finlyandiya bilan chegaradagi ko‘chma safarbarlik punkti
Foto: Telegram / @fontankaspb

Viloyat harbiy komissariati ma’lum qilishicha, ko‘chma punktda “qisman safarbarlik” ta’siriga tushadigan fuqarolarga chaqiruv qog‘ozi beriladi, qolganlar esa u yerda shartnoma bo‘yicha harbiy xizmat uchun ko‘ngilli sifatida yozilishi mumkin.

Avvalroq bunday ko‘chma harbiy komissariat Rossiya-Gruziya chegarasida, Shimoliy Osetiyadagi Verxniy Lars nazorat-o‘tkazish punktida paydo bo‘lgan edi.

Ayni vaqtda Qozog‘iston bilan chegaradosh bo‘lgan Astraxan viloyati Krasnoyarsk tumanida esa yuqori shaylik holati e’lon qilindi. Rejim 28-sentabrdan kuchga kirdi. U huquq-tartibot organlari, DAN va o‘t o‘chiruvchilar nazoratining kuchaytirilishini, yo‘l harakatining cheklanishini va aylanib o‘tishning yangi sxemalarini ko‘zda tutadi.

Ta’kidlanishicha, “Karauzek” o‘tkazish punkti yaqinida avtomobillar, shu jumladan, chet el fuqarolaridan iborat katta olomon yuzaga kelgan.

Yo‘l harakati bilan bog‘liq muammolar tufayli yuqori shaylik rejimi Gruziya bilan chegaradosh bo‘lgan Shimoliy Osetiyaning alohida tumanlarida ham joriy etilgan.

Rossiyaliklar yoppasiga mamlakatni tark etmoqda

Rossiyada 21-sentabr kuni safarbarlik e’lon qilinganidan keyin Gruziya, Qozog‘iston, Finlyandiya bilan chegaralarda harbiy xizmatga chaqirilishdan xavfsirab, mamlakatni tark etayotgan rossiyaliklardan iborat katta navbatlar va avtomobil tirbandliklari yuzaga keldi.

Eng jiddiy vaziyat Rossiya-Gruziya chegarasida kuzatildi, u yerda mashinalardan iborat navbat o‘nlab kilometrga cho‘zilib ketdi. Shimoliy Osetiya rahbari Gruziya bilan chegaradosh tumanlarda yuqori shaylik rejimini joriy qilib, respublika hududiga Rossiyaning boshqa hududlari raqamlari bo‘lgan avtomobillarni kiritishni taqiqladi.

Finlyandiya bilan quruqlikdagi chegarani so‘nggi kunlarda 40 mingdan ortiq rossiyalik kesib o‘tdi. 29-sentabrda Finlyandiya hukumati Rossiya fuqarolari uchun sayyohlik vizalari bo‘yicha mamlakatga kirishni cheklashi kutilmoqda, chunki rossiyaliklarning ommaviy oqib kelishi mamlakatning xalqaro holatiga xavf solmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Foto: Zarbalardan keyin chiroqsiz qolgan Ukrainaning koinotdan ko‘rinishi
Mahalliy
Andijonda Isuzu va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 41 kishi jarohatlandi, 3 nafari voqea joyida halok bo‘lgan
Dunyo
Sena daryosi bo‘ylab sayr: turli-tuman qiyofalar va mashhur tarixiy obidalar — suratlarda