Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Mashhurlar eng zamonaviy go‘zallik texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatiga ega, chunki ular moddiy tomondan bunga qodir. Ammo ular samarali, lekin maxfiy usullarga murojaat qiladi. The Voice Mag nashri jahonga mashhur ayollarning go‘zallik borasida amalga oshiradigan sirli muolajalari haqda so‘z yuritdi.

Beyonse 

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Beyonse qoshlariga ishlov berishda juda oddiy, ammo ko‘pchlik ishonishi qiyin bo‘lgan usuldan foydalanadi. Xonanda va uning vizajistining siri shundaki, ushbu vosita qoshning kerakli shaklga keltirishga juda yaxshi yordam beradi. U qoshlarini chiroyli ko‘rinishi uchun oddiy o‘quv yelimidan foydalanadi. Ham qulay, ham samarali yelim qoshlarni mukammal ko‘rinish bilan ta’minlaydi. Shuningdek, uni yuvib tashlash ham juda oson.

Kemeron Diaz 

Foto: The Voice Mag

Foto: The Voice Mag

Kameron Diaz uzoq yillar davomida husnbuzarlar bilan kurashganini yashirmaydi. U turli xil usullarni sinab ko‘rdi — xalqona usullardan tortib, zamonaviy texnologiyagacha. Sinov va xatolar ortidan aktrisa o‘zi uchun eng samarali yo‘lni topdi va uni barcha bilan baham ko‘rishga tayyor. Aktrisa husnbuzar paydo bo‘lganda, u shifobaxsh surtma va oddiy ko‘z tomchilarini surtadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu nafaqat shishni, balki qizarishni ham bir zumda bartaraf etadi.

Sindi Krouford

Foto: The Voice Mag

Foto: The Voice Mag

Bu borada Sindi Krouford Kleopatraga taqlid qildi. Ma’lum bo‘lishicha, supermodel o‘zining yorqin terisi uchun sut va mineral suvdan tayyorlangan niqobga qarzdor ekan. Ha, bu juda oddiy — ikkita mahsulotni aralashtirib, uni yuz terisiga surtish kifoya. Natija esa kutilganidan ham a’lo bo‘lishi shubhasiz.

Margo Robbi

Foto: The Voice Mag

Foto: The Voice Mag

Margo Robbi Gollivudning eng go‘zal va ajoyib aktrisalaridan biridir. Ma’lum bo‘lishicha, qizning arsenalida juda ko‘p g‘ayrioddiy go‘zallik layfxaklari bor. Margoning so‘zlariga ko‘ra, lab bo‘yog‘iga ishlab chiqaruvchilar lab terisini quritadigan tarkibiy qismni qo‘shadi. Ammo aktrisa o‘zi uchun lablariga g‘amxo‘rlik qilishning yana bir usulini ixtiro qildi: u lab bo‘yog‘i surtishdan oldin dorixonalarda sotiladigan namlantiruvchi kremlardan foydalanadi.

Sandra Bullok 

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Sandra Bullok o‘z yoshidan ancha kichkina ko‘rinadi va ajinlarsiz yuzi bilan maqtanishi mumkin. Gap shundaki, yulduz ko‘z atrofidagi terini namlash uchun mukammal vositadan foydalanadi. Ma’lum bo‘lishicha, Sandra tanani tonusga keltirish uchun mo‘ljallangan kremni ko‘z qovoqlariga surtadi va ajinlar bilan shu tarzda kurashadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev akademik Abdumavlon Abdullayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Dunyo
YI Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina va Gruziya hududlarida berilgan pasportlarni tan olmaydi
Kino
“Ratatuy”, “Boshqotirma”, “Koko siri” — bolalar qolib, kattalar ham sevib tomosha qiladigan Pixar multfilmlari (video)