Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

28-sentabr kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 541-son qarori bilan hukumatning 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Davlat xizmatlari markazi xabar qildi.

Unga muvofiq, endilikda qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari o‘zgarganda, shu jumladan bir hududdan boshqa hududga o‘tkazilganda (turar yoki noturar ko‘chmas mulk obyektida rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno) davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun yig‘imlar undirilmaydi.

Ma’lumot uchun: Oliy Majlis Senatining “Toshkent viloyatining Zangiota, Yuqori Chirchiq, O‘rta Chirchiq va Qibray tumanlari hamda Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarining, shuningdek, Toshkent viloyati va Toshkent shahri chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida” 2021-yil 27-avgustdagi SQ-379-IV-son qarori bilan Toshkent viloyatining bir qator aholi punktlari Toshkent shahriga o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu hududlarda yashovchi aholi mazkur qulaylikdan foydalanishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev akademik Abdumavlon Abdullayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Dunyo
YI Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina va Gruziya hududlarida berilgan pasportlarni tan olmaydi
Kino
“Ratatuy”, “Boshqotirma”, “Koko siri” — bolalar qolib, kattalar ham sevib tomosha qiladigan Pixar multfilmlari (video)