• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Nega hijob masalasi Eron jamiyatida o‘lim bilan jazolash darajasida o‘ta muhim?

    Tehronda 22 yoshli Mahsa Aminiy hijobni noto‘g‘ri o‘raganligi vaji bilan axloq politsiyasi tomonidan vahshiylarcha o‘ldirildi. Shu sababdan mamlakat jamoatchiligida jiddiy norozilik namoyishlari kelib chiqdi.

    Ushbu voqea fonida esa o‘rinli savol tug‘iladi: “O‘zi Eron jamiyatida hijobning asl ahamiyati nimada?” Bu haqda Euronews nashri so‘z yuritdi.

    Foto: Euronews

    Foto: Euronews

    Necha kundirki Eronda namoyishlar tugamayapti. Ayollar ommaviy ravishda sochlarini kesmoqda, hijoblarini yechib yoqib yubormoqda. Ko‘chalarga o‘t qo’yib, hokimiyatni diniy populizm bilan egallab olgan jinoyatchi to‘dalarni kaltaklamoqda.

    These women in #Iran’s northern city of Sari are dancing and burning their headscarves… anti-regime protests have now spread to dozens of cities from north to south, east to west… all triggered by the death of #MahsaAmini while in the custody of Iran’s morality police. pic.twitter.com/BBDvgC5L1w

    — Rana Rahimpour (@ranarahimpour) September 20, 2022

    Mahsa Aminiy Tehronga oilaviy safari chog‘ida eronlik ayollarning qonun bo‘yicha kiyishi kerak bo‘lgan diniy ro‘mol standartlariga to‘g‘ri kelmagan hijobi uchun hibsga olingan edi.

    Guvohlarning aytishicha, yosh kurd ayol politsiya tomonidan qattiq kaltaklangan. Uning boshiga bir necha marta urilgan. Keyinroq u yiqilib, koma holatida kasalxonaga olib ketilgan. Voqeadan uch kun o‘tib, 16-sentabrda Mahsa Aminiy vafot etgan.

    Eron rasmiylari unda avvaldan yurak xuruji borligini da’vo qilmoqda. Biroq Mahsaning oilasi uni sog‘lom bo‘lganini ta’kidlagan.

    Ushbu dahshatli hodisa Erondagi islomiy kiyinish qoidalari va politsiya zo‘ravonligiga oyna tutdi.

    Eronda hijob tarixi: 

    1979-yilgi islom inqilobidan beri Eronda ayollarning hijob o‘rashi majburiy bo‘lgan. Hukumat o‘z siyosatini oqlash uchun Qur’on va hadis qismlariga tayanadi. Islom dinida ayollarning ro‘mol o‘rashi haqida juda ko‘p masalalarda to‘xtamlar mavjud.

    Islomiy liboslar mamlakatning axloq politsiyasi tomonidan qat’iy tatbiq etiladi. Ular ko‘chalarni mikroavtobuslarda aylanib, “noto‘g‘ri” kiyingan ayol-qizlarni qo‘lga olish bilan shug‘ullanadi. Ammo hibsga olish tahdidiga qaramay, millionlab eronlik ayollar bunga nisbatan faol qarshilik ko‘rsatadi.

    1979-yilda Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Humayniy ayollar islomiy kiyinish qoidalariga rioya qilishi kerakligini aytganidan so‘ng, shiddatli norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan edi. Shundan keyin hukumat uning izohlarini faqat tavsiya sifatida talqin qilishga majbur bo‘ldi. Biroq bu qonun baribir 1983-yilda kuchga kirdi.

    O‘shandan beri hijobga qarshi norozilik namoyishlari vaqti-vaqti bilan davom etib, bugungi kunda ayollarning ro‘mollarini yoqib, raqsga tushishi bilan avj olmoqda.

    Inqilobdan avval dunyoviy Eronni shoh Muhammad Rizo Pahlaviy boshqarganida ham ko‘plab eronlik ayollar faol ravishda hijobda bo‘lgan. Ular buni turli sabablarga ko‘ra amalga oshirgan. Masalan: an’ana, o‘ziga xoslik, diniy ifoda yoki oilaviy bosim yuzasidan.

    O‘zi Eron jamiyatida hijobning asl ahamiyati nimada?

    Eronlik shoira va jurnalist Asieh Aminiyning fikriga ko‘ra, bugungi kunning asosiy muammosi ayollarning ro‘mol o‘rashga majbur qilinayotganidir. Ular islomiy kiyinish qoidalarini buzgani uchun qamchilanishi yoki qamalishi mumkinligi o‘z tasdig‘ini ko‘rsatmoqda.

    Afsuski, bu ko‘pchilikning kuchli nafratiga olib keldi. Ayollar juda ko‘p zulmni boshdan kechirdi. Ular bu hukmronlikka chiday olmay, o‘z haq-huquqlarini istamoqda.

     Asieh Aminiy, eronlik shoira va jurnalist

    Bir paytlar o‘zi ham axloq politsiyasi tomonidan hibsga olingan Asiehning aytishicha, hozirda Eronni larzaga keltirayotgan namoyishlar faqatgina kiyinish qoidalaridan norozilik tufayli emas. Bu yerda undan ko‘ra ko‘proq va jiddiyroq masalalar bor: odamlarning talabi faqat hijob bilan cheklanmaydi. Ular erkinlikni, demokratiyani va bunday Islom Respublikasidan ozod bo‘lishni xohlaydi.
    Politsiya bu kabi ishlarini shunchaki maslahat va ogohlantirish berib qo‘yish deya ta’kidlaydi. Ammo aslida esa ular har kuni Eronning barcha shaharlarida ayollarning tanasi, kiyimi va umuman hamma narsasini “qattiq” nazorat qiladi. Hijob ana shu zulmning ramzidir.
    Anonim qolishni istagan yana bir eronlik faolning fikriga ko‘ra, hijob siyosatidagi yana bir muammo Erondagi turli etnik va diniy guruhlarning turli xil libos kiyishiga hurmat ko‘rsatmasligidir.

    Eron ko‘p millatli jamiyat bo‘lib, unda forslar, kurdlar, ozarbayjonlar, lurlar, gilaklar, arablar, baluchi va turkmanlar yashaydi. Har birining o‘ziga xos an’anaviy kiyimlari bor va tabiiyki ular hijobni turlicha o‘raydi. Shuningdek kiyimlaridagi ranglar, naqsh va uslublari ham farq qiladi.

    Eronda ayollarning kiyinishi va ularning huquqlari haqida gapirilganda, hukumat har doim bu Eron madaniyati, deb javob beradi. Biroq aslo bunday emas. Bu madaniyat emas, bu kuch!

    Hijob ayollarga uzoq yillardan beri shu darajada majburiy qilib belgilab qo‘yilganki, ular kimning tanlovi yoki majburiyati uchun uni o‘rayotganlarini bilmaydi.

    Odam nimagadir majburlansa, doimo uni rad etish va aksini qilishni xohlaydi. Chunki inson tabiati shunday. Hijob masalasidagi so‘nggi voqealar ham buning yaqqol isbotidir.

    Maxsani o‘ldirish bilan esa ular mamlakatda yanada kuchli g‘azab eshiklarini ochdi.

    Hozir hijob haqida gapirish juda og‘riqli va mushkul masalaga aylanib qoldi. Bu voqea Eronda inqilobdan keyin sodir bo‘lgan eng katta feministik qo‘zg‘olonlardan biriga o‘xshaydi. Erkaklar ham ayollar bilan birgalikda kurashish uchun ko‘chalarga chiqmoqda.

    Ma’lumot uchun: Eron yadroviy qurol ishlab chiqarish rejasi sababli hozirda Rossiyaga qo‘llanilayotgan sanksiyalardan ham ko‘proq cheklovlar ostida ancha yillardan beri yashab keladi. Avtoritar boshqaruv tufayli fuqarolarining elementar haq-huquqlari cheklangan.

    Aholisining aksariyat qismi qashshoqlikda kun kechiradi. Internetga kirish juda qimmat va ko‘plab saytlar bloklangan. San’at va madaniyat xodimlari, erkin fikrli olimlar, siyosatchilar, sobiq monarxiyaning vakillari quvg‘inga uchragan.

    Eronga kirish va chiqish ancha chegaralangan. Eronga viza olgan odam Haj va Umra safarlariga, Yevropaga va boshqa taraqqiy etgan mamlakatlarga bora olmaydi. Chunki Eron vizasi urilgan pasportlarga Saudiya Arabistoni hech qachon viza bermaydi (biroq ba’zi istisnolar bo‘lishi ham mumkin).

    Eronda afg‘onistonlik qochqin ayollar va bolalar yashirin qul bozorlarida sotiladi. Ko‘p holatlarda uylanish yoshiga yetgan yigitlar moddiy qiyinchilik sababli oila qura olmaydi. Yosh qizlarni esa puldor qariyalar sotib oladi.

    Eron hukumati neft, gaz va boshqa tabiiy boyliklardan kelgan mablag‘larni harbiy sanoatga yo‘naltiradi. Ijtimoiy himoya o‘rta asrlar darajasida qolib ketgan.

    Bugungi kunda davom etayotgan namoyishlar mana shunday ijtimoiy bosimlarning ortib ketganligidan yuzaga keldi. Qizning o‘limi esa xuddi dinamit tugmasini bosib yuborgandek bo‘ldi.

    Mavzuga doir: 

    • Eronda namoyishchilar mamlakat oliy yetakchisi Xomeyniyning haykaliga o‘t qo‘ydi (video)
    • Erondagi namoyishlarda 40 dan ortiq odam halok bo‘ldi (video)
    • Eronda hijob tufayli hibsga olingan qizning vafotidan keyin namoyishlar boshlandi

    01.10.2022, 08:07   Izoh (1)   55478
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. 5733841162@telegram.org / 01.10.2022, 12:34

      Daryo foydali va aniq kontent ustida ishlaydi Daryo.uz faoliyatiga omad.

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.