Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Angliya Premyer Ligasi sentabr oyining eng yaxshilari nomini ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Manchester Yunayted” ustozi Erik ten Hag Angliya Premyer Ligasining sentabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb e’lon qilindi. Mutaxassis qo‘l ostida mankunianliklar 2 o‘yin 2 ta g‘alaba qozondi.

Ten Hagdan tashqari eng yaxshi murabbiy bo‘lish uchun Antonio Konte (“Tottenhem”) va Gari O‘nil (“Bornmut”) da’vogarlik qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta avgust oyining eng yaxshi murabbiyi sovriniga sazovor bo‘lgandi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford sentabr yakunlariga ko‘ra, oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Angliyalik futbolchi sentabr oyida 2 o‘yinda 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Reshforddan tashqari ushbu sovrin uchun Filip Billing (“Bornmut”), Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”), Pyer-Emil Hyoybyerg (“Tottenhem”), Aleks Ivobi (“Everton”) va Jeykob Remzi (“Aston Villa”) kabi futbolchilar kurash olib bordi.

Avgust oyida “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand eng yaxshi futbolchi sovrinini qo‘lga kiritgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)