Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tojikiston mudofaa vaziri Sherali Mirzo mamlakat armiyasiga chaqiruv kampaniyasiga tayyorlanishga bag‘ishlangan yig‘ilishda mansabdor shaxslarning farzandlarini harbiy xizmatga jalb qilish bo‘yicha qat’iy topshiriq berdi, deb yozadi Asia Plus.

Foto: Tojikiston Mudofaa vazirligi

Foto: Tojikiston Mudofaa vazirligi

Shuningdek, vazir tegishli idoralarga harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ymaslik va armiyaga noqonuniy chaqirlish yo‘llarining oldini olishni buyurdi.

Bundan tashqari, u harbiy komissarlarga “fuqarolarga yaxshi munosabatda bo‘lib, milliy armiya saflariga sog‘lom va qobiliyatli yoshlarni chaqirish”ga da’vat etdi.

Vazir ushbu topshiriqlarni armiya kuzgi chaqiruv kampaniyasi oldidan berdi, u 1-oktabrda boshlanib, ikki oy davom etadi.

Avvalroq OAVlar davlat tuzilmalaridagi lavozimlarda ishlovchi bir nechta amaldorlarning farzandlari harbiy xizmatga chaqirilganini ma’lum qilgandi.

Nashr qayd etishicha, har yili harbiy xizmatga chaqiruv boshlanishi bilan, ijtimoiy tarmoqlarda yoshlarning xizmatga jalb qilinish uchun qo‘lga olinishlari aks etgan videolar tarqaladi, bu xalq orasida “ov” deb ataladi.

Mudofaa vazirligi “ov” uyushtirilishini doim rad etib kelgan, chaqiruv qog‘ozini olib, harbiy komissariatga kelmagan yoshlarni esa militsiya majburiy ravishda u yerga olib borishga haqli ekanini ta’kidlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi