Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSH Davlat departamenti delegatsiyasi 3—6-oktabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. “Dunyo” AA ning yozishicha, bu haqda AQSH Davlat kotibi yordamchisi vazifasini bajaruvchi, Davlat departamentining Xalqaro jamoatchilik bilan aloqalar byurosi rahbari Elizabet Tryudo elchi Javlon Vahobov bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda ma’lum qilgan.

Elizabet Tryudo o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini va respublikaning inson salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishni muhokama qilish niyatida ekanligini ham aytgan.

Xususan, Amerika delegatsiyasining O‘zbekistonda tashrifi davomida Oliy Majlis, Milliy ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, oliy o‘quv yurtlarida uchrashuv va muzokaralar, shuningdek, Jizzax va Toshkent viloyatlariga tashriflar rejalashtirilgan.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Davlat departamenti vakili barcha sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatdan rivojlantirishga xizmat qiluvchi davlat rahbarlari va alohida sohalar rahbarlari darajasidagi Amerika delegatsiyalarining O‘zbekistonga tashrifini kengaytirishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirgan.

Elizabet Tryudo yetakchi diplomat bo‘lib, avval Shimoliy Irlandiya va Pokistondagi AQSH Bosh konsuli, AQSHning NATOdagi missiyasi maslahatchisi, AQSHning Janubiy Afrikadagi missiyasi matbuot attashesi, Davlat departamenti matbuot ishlari bo‘yicha direktori lavozimlarida ishlagan. Hozirgi lavozimiga qadar u Mudofaa vazirining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha yordamchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Hammasi qahvaxonadan boshlangan”: Kemeron Dias va Dryu Berrimorning vaqt sinovidan o‘tgan do‘stligi (foto)
Dunyo
Xitoy sobiq rahbari Szyan Szemin 96 yoshida vafot etdi
Dunyo
Yevrokomissiya: Urushda 100 ming ukrainalik askar va 20 ming tinch aholi halok bo‘ldi (video)