Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

1-oktabr kuni Berlinda “O‘zbekistonlik” birinchi vatandoshlar forumi bo‘lib o‘tadi. Forum doirasida dunyo bo‘ylab iqtidorli o‘zbeklarni birlashtiruvchi, vatandoshlar va vatan o‘rtasida ko‘prik bo‘ladigan Uzbekistan’s Club yangi loyihasiga start beriladi.

Forumga Yevropadan vatandoshlar, nemis diplomatlari va ishbilarmonlari, shuningdek, O‘zbekistondan mashhur ommaviy axborot vositalari va blogerlar delegatsiyasi taklif etilgan.

Forum doirasida jahon hamjamiyatining e’tiborini Orolbo‘yi mintaqasiga qaratishga mo‘ljallangan Aral Dream xalqaro PR-dasturining taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Forumning asosiy voqeasi — Uzbekistan’s Club ijodiy jamoasi tomonidan Germaniyada suratga olingan “O‘zbekistonlik” filmining ikkinchi qismining premyerasi bo‘ladi. Filmni YouTube va “Mening yurtim” telekanalida 1-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21.00 da tomosha qilish mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)