Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Novosibirsk viloyatida qisman safarbarlikdan bosh tortganlarni qidirish boshlandi. Bu haqda harbiy komissar Yevgeniy Kudryavsev ma’lum qildi, deb yozadi “Sibkray”. Chaqiruv qog‘ozini topshirilishi kerak bo‘lgan odam topilmaganida, hukumat shunday choralarni qo‘llaydi.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Komissarning so‘zlariga ko‘ra, hudud aholisining ko‘pchiligi propiska bo‘yicha yashamaydi, shu tufayli ularga chaqiruv qog‘ozini berish imkoni bo‘lmayapti. “Endi ular qidiruvda bo‘lgan fuqarolar ro‘yxatiga tushishi mumkin”, — deya ogohlantirdi Kudryavsev.

Uning aytishicha, safarbar qilingan shaxsning yashash joyiga ikki marta borilganida natija bo‘lmasa, ro‘yxat tuzilib, politsiyaga beriladi. “Politsiya qidiruv tadbirlarini o‘tkazadi va agar qasddan bosh tortish bo‘yicha gumonlar bo‘lsa, unda tergov organlariga topshiriladi”, — deya aniqlik kiritdi harbiy komissar.

Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilindi

21-sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi farmonni imzoladi. “Vatanimiz, yaxlitligimizni himoya qilish uchun qisman safarbarlikni qo‘llab-quvvatlash zarur, deb hisoblayman”, — dedi Rossiya rahbari.

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning aytishicha, qisman safarbarlik chog‘ida 300 ming zaxiradagi askar chaqiriladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Rossiya safarbarlik resursining taxminan 1 foizini tashkil qiladi. Xizmat o‘tab bo‘lgan, harbiy-hisob mutaxassisligi va jangovar tajribaga ega bo‘lganlargina chaqiriladi. Talabalar va shoshilinch xizmat harbiy xizmatchilari safarbar etilmaydi, degan edi Shoygu.

Armiyaga chaqiriladigan odamlar soni ko‘rsatilgan band safarbarlik haqidagi farmonda maxfiylashtirib qo‘yilgan. “Novaya gazeta. Yevropa” nashri xabariga ko‘ra, ushbu bandda bir million kishi armiyaga chaqirilishi haqida aytiladi. Meduza’ning federal vazirliklardan biriga yaqin manbasi aytib berishicha, armiyaga 1,2 million kishini chaqirish rejalashtirilmoqda.

Chaqiruv yoshidagi fuqarolar mamlakatni tark etishi taqiqlanmoqda

Dastlab Rossiya hududlaridagi harbiy komissarlar safarbarlik bo‘yicha armiyaga chaqirilishi kerak bo‘lgan odamlarga o‘z shahri yoki tumanini tark etishni taqiqlagandi, biroq 23-sentabrga kelib, ularning buyruqlarida Rossiyadan chiqish ketishga nisbatan taqiqlar paydo bo‘ldi.

Meduza manbalari ma’lum qilishicha, DXR, LXR va Ukrainaning Xerson va Zaporojye viloyatlaridagi bosib olingan hududlarda “referendum” tugaganidan keyin safarbarlik yoshidagi erkaklarga Rossiyadan chiqib ketish taqiqlanishi kutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-dekabr kuni 156 kishida koronavirus aniqlandi
Mahalliy
Janubiy Koreya mamlakatda ishlash niyatidagi o‘zbekistonliklar uchun kvotalar sonini oshiradi
Dunyo
“Hind Chernobili” — Pxobaldagi texnogen halokat, Eron oliy rahbariga aylangan Homanaiy va Sovuq urushga yakun yasagan Yelsin—Bush. Kun xronologiyasida 3-dekabr