Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Malayziya Milliy savdo-sanoat palatasi (National Chamber of Commerce and Industry of Malaysia – NCCIM) o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi onlayn shaklda tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Tadbir 2022-yil avgust oyida O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatini oshirish, milliy o‘zbek mahsulotlarining Malayziya bozoriga eksport hajmini ko‘paytirish va diversifikatsiya qilish, shuningdek, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida elchixona tomonidan Malayziya Milliy savdo-sanoat palatasi bilan erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Hujjatni imzolash marosimida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Jahongir Mamajonov va Malayziya Milliy savdo-sanoat palatasi prezidenti So Tyan Lai boshchiligidagi tashkilotning 5 ta mustaqil palatalari prezidentlari ishtirok etdi.

O‘zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni e’tirof etgan holda joriy yil 15–16-sentabr kunlari mamlakatingiz raisligida bo‘lib o‘tgan SHHTning 22-sammiti yuqori saviyada tashkil etilganini e’tirof etish kerak, — dedi NCCIM prezidenti So Tyan Lai. Malayziya tomoni idoralar o‘rtasida imzolanadigan hamkorlik memorandumi ikki tashkilot o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishiga, ikki davlat ishbilarmon doiralari vakillarini o‘zaro manfaatli hamkorligiga xizmat qilishiga ishonch bildiradi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari Jahongir Mamajonov ushbu memorandum O‘zbekiston bilan Malayziya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ilmiy-texnikaviy sohalardagi hamkorlikni izchil rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini aytdi.

Tomonlar o‘rtasida memorandum imzolanib, ikki tashkilot rahbarlarining O‘zbekiston va Malayziyaga amaliy safarlarini uyushtirish, Malayziya hududida o‘zbek milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi va biznes-forumini o‘tkazish, shuningdek, ikki davlat ishbilarmon doiralari vakillarining har ikki mamlakat hududida bo‘lib o‘tadigan turli tadbirlarda ishtirok etishini ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda qaysi hududlarda narxlar ko‘proq o‘sgani ma’lum qilindi