Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ko‘pchilikda xolesterin so‘zi dastlab salbiy his-tuyg‘ularni keltirib chiqaradi, turli kasalliklarga bog‘liqligi bilan yomon narsa sifatida qabul qilinadi. Aslida xolesterin organizmga kerak bo‘lgan yog‘larning umumiy guruhiga kiruvchi moddadir, deb yozadi “Lisa.ru”.

Foto: “Lisa.ru”

Foto: “Lisa.ru”

Xolesterin tabiiy birikma bo‘lib, uning bir necha vazifalari mavjud:

  • hujayra devorlarining mustahkamligini ta’minlash;
  • miyada xotiraga ta’sir qiluvchi aloqalarning shakllanishi;
  • gormon ishlab chiqarish;
  • yuqori sifatli hazm qilish uchun zarur bo‘lgan D vitamini va safro kislotalari sintezida ishtirok etish.
Shuning uchun xolesterindan qo‘rqmaslik kerak, usiz organizm normal ishlay olmaydi.

“Yomon” va “yaxshi” xolesterin

Ushbu atama ko‘pincha odamlar tomonidan qo‘llaniladi. Organizmda past va yuqori zichlikdagi lipoproteinlar mavjud.

Past zichlikdagi lipoproteinlar butun organizmda aylanib, turli hujayralar orqali o‘z ichiga olgan yog‘larni chiqaradi — bu ularning asosiy vazifasidir. Ammo ularning yuqori darajasi boshqa kasalliklarning sababi bo‘lgan ateroskleroz rivojlanish xavfini oshiradi. Masalan, insult va infarkt. Shuning uchun past zichlikdagi lipoprotein “yomon” xolesterin deb ataladi.

Ikkinchi tur — past zichlikdagi lipoproteindan xolesterinning bir qismini qondan chiqarib tashlashga qodir. Uning yuqori konsentratsiyasi, aksincha, yuqorida sanab o‘tilgan kasalliklarni rivojlanish xavfini kamaytiradi. Shu sababli ular “yaxshi” xolesterin deb ataladi. Shuni ta’kidlash kerakki, har ikkala turdagi xolesterin ham organizm uchun zarurdir, asosiy nuqta ularning nisbatiga bog‘liq.

Xolesterin darajasini nima aniqlaydi

Doimiy qarashlardan farqli o‘laroq, ratsion qondagi xolesterin darajasiga deyarli ta’sir qilmaydi. Ushbu parametr organizmdagi barcha xolesterinning taxminan 80 foizni sintez qiladigan jigar ishiga ko‘proq bog‘liq. Aynan shu sababli o‘zini yog‘li ovqatlar bilan cheklaydigan ba’zi odamlarda xolesterin miqdori ko‘tarilishi mumkin, boshqalar esa miqdorning normadan oshib ketadigan ko‘rsatkichlarga ega emas.

Kimlar o‘z ratsionini kuzatishi kerak?

Shunisi e’tiborga loyiqki, xolesterin miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqatlarni iste’mol qilishda ko‘proq ehtiyot bo‘lishi kerak bo‘lgan odamlar bor.

Bular quyidagi holatlardir:

  • qonning lipid spektrining buzilishi mavjud bo‘lganda;
  • yurak-qon tomir kasalliklari xavfi oshganda;
  • ratsionda kaloriya miqdori ko‘tarilganda.
Yaxshi xolesterin darajasini oshirishga nima yordam beradi?

Organizmga xolesterinning o‘zi, ayniqsa, yuqori zichlikdagisi kerak. Yaxshi xolesterin darajasini oshirish uchun quyidagi qoidalarni yodda tutish lozim:

  • ko‘p miqdorda to‘yinmagan yog‘larni iste’mol qilish kerak: yong‘oq, o‘simlik moylari, yog‘li dengiz baliqlari, avokadolar, kunjut;
  • ratsionda yetarli miqdorda kletchatka bo‘lishi kerak — sabzavot, meva, makaronlarda ko‘p miqdorda uchraydi;
  • jismoniy faoliyat;
  • shaxsiy ehtiyojlarga mos keladigan ratsionning kaloriya tarkibi.
Yomon xolesterin darajasini shirinliklar, trans yog‘larga boy oziq-ovqatlarni ortiqcha iste’mol qilish, kaloriyani ko‘paytirish va jismoniy faoliyatning yetishmasligi oshirishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi