Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Italiya terma jamoasi Millatlar Ligasi 6-turida Vengriyani mag‘lubiyatga uchratdi (2:0).

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Bu g‘alaba orqali Roberto Manchini shogirdlari A Liga 3-guruhida birinchi o‘rinni o‘rinni qo‘lga kiritib, musobaqa yarim finaliga yo‘l oldi. Italiya 11 ochko to‘pladi, Vengriyada 10 ochko bor. Germaniya 7 ochko bilan uchinchi o‘rinda qolgan bo‘lsa, Angliya (3) so‘nggi pog‘onani band etib, B Ligaga ravona bo‘ldi.

Avvalroq Xorvatiya va Niderlandiya ham Millatlar Ligasi yarim finaliga chiqqandi.

Yarim finalning so‘nggi ishtirokchisi Portugaliya va Ispaniya o‘rtasidagi 27-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinda aniqlanadi.Portugaliya 10 ochko bilan 2-guruhda peshqadamlik qilmoqda, Ispaniya hisobida 8 ochko bor.

Yarim final va final bahslari 2023-yilning iyun oyida bo‘lib o‘tadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi