Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Lionel Messi Argentinaning Yamaykaga qarshi o‘yinida ishtirok etmasligi mumkin.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

TyC Sports nashrining yozishicha, hujumchida shamollash alomatlari kuzatilmoqda.

Argentina terma jamoasi murabbiylar shtabi 35 yoshli futbolchining holatini kuzatadi va shundan so‘ng u Yamaykaga qarshi o‘yinda maydonga tushish yo tushmasligini hal qiladi.

Agar Messi asosiy daqiqalardan maydonga tusha olmasa, uning o‘rnini “Manchester Siti” hujumchisi Xulian Alvares egallaydi.

Eslatib o‘tamiz, 24-sentabr kuni Argentina terma jamoasi Gondurasga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida 3:0 hisobida g‘alaba qozongan, uchrashuvda Leo dubl qayd etgandi. Yamaykaga qarshi o‘yinda 28-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan 05:00 da boshlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi