Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi guruh bosqichi 1-turi doirasida 27-sentabr, seshanba kuni Turkmanistonga qarshi bahs olib bordi.

Foto: O‘FA

Foto: O‘FA

O‘zbekiston raqib darvozasiga javobsiz 8 ta gol urdi. O‘zbekistonliklar Davron Choriyev, Dilshod Rahmatov, Shahram Faxriddinov, Akbar Usmonov bittadan gol urgan bo‘lsa, Mashrab Odilov va Ixtiyor Ropiyev dublni rasmiylashtirdi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogini g‘alaba bilan boshladi.

Bahodir Ahmedov shogirdlari keyingi turda 29-sentabr kuni Tojikistonga qarshi maydonga tushadi.

Osiyo Kubogi

Guruh bosqichi, 1-tur

27-sentabr, seshanba

O‘zbekiston — Turkmaniston 8:0

Gollar: 1:0 — 5 Choriyev, 2:0 — 12 Odilov, 3:0 — 15 Ropiyev, 4:0 — 22 Odilov, 5:0 — 31 Rahmatov, 6:0 — 34 Ropiyev, 7:0 — 35 Faxriddinov, 8:0 — 40 Usmonov.

O‘zbekiston: Ravshan Eliboyev, Ixtiyor Ropiyev, Ilhom Hamroyev, Husniddin Nishonov, Davron Choriyev.

Zaxiradagilar: Rustam Umarov, Anasxon Rahmatov, Mashrab Odilov, Sunnat Jo‘rayev, Dilshod Rahmatov, Akbar Usmonov, Davlat Ibragimov, Shahram Faxriddinov, Elbek To‘lqinov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Suriyadagi kurdlar Rossiyadan hududlarini himoya qilishda yordam so‘radi
Mahalliy
O‘zbekistonda 2023-yilda meva va sabzavotlar narxi jiddiy o‘sishi kutilmoqda
Dunyo
Kim Chen Ir topshirig‘i bilan uyushtirilgan terakt, samolyot boshqarib halokatga uchragan “Formula-1” chempioni va nemislar tomonidan qatl etilgan Kosmodemyanskaya...