Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik Edvard Snoudenga Rossiya fuqaroligini taqdim etdi. Bu haqdagi farmon huquqiy axborot rasmiy internet-portaliga joylandi, deb yozadi Meduza.

Edvard Snouden

Edvard Snouden
Foto: Getty Images

“Interfaks” Snoudenning manfaatlarini himoya qiluvchi advokat Anatoliy Kucherena bilan bog‘lanib, uning mijozi safarbarlik doirasida Rossiya armiyasiga chaqirilish-chaqirilmasligi bilan qiziqdi. “Edvard Rossiya armiyasida xizmat qilmagani, harbiy xizmat bo‘yicha amaliyot va tajribaga ega bo‘lmagani sababli, u safarbarlikka jalb etilmaydi”, — deb javob berdi Kucherena.

Nashr qayd etishicha, Rossiyada harbiy xizmat o‘tamagan fuqarolarning armiyaga chaqirilishi bilan bog‘liq birorta ham holat kuzatilmagan.

Snouden Amerika Markaziy razvedka  boshqarmasi va Milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi bo‘lib, 2013-yilda AQSH maxsus xizmatlarining fuqarolarni kuzatish usullarini fosh qilgan va dunyo yetakchilari telefonlari tinglanishi haqida aytib bergan edi. AQSHda u josuslikda va davlat mulkini o‘g‘irlaganlikda ayblanmoqda. U maxfiy ma’lumotlarni fosh qilgani uchun 30 yilga qamalishi mumkin.

Snouden dastlab Gonkongga, so‘ng Rossiyaga qochgan. “Sheremetyevo” aeroportining tranzit zonasida bir oydan ko‘p vaqt yashagan. So‘ng Snoudenga Rossiyada vaqtinchalik boshpana taqdim etilgan. 2020-yilda u ushbu mamlakatda muddatsiz yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘ldi va Rossiya fuqaroligini olish uchun ariza berdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston SSV ro‘zadorlarga sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda bir kunda ikkinchi zilzila qayd etildi
Shou-biznes
G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga turmushga chiqqan, 32 yoshida “xalq artisti”ga aylangan Gulsanam Mamazoitova 42 yoshda