Turkiyaning Mersin shahrida politsiya binosiga qurolli hujum uyushtirilishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Rasmiylar voqeani terakt sifatida baholamoqda, deya xabar berdi Haber telekanali.
“Taxminan 23:00 (Toshkent vaqti bilan 01:00) Mersin shahrining Mezitli tumanida noma’lum shaxslar politsiya bo‘limiga qurolli hujum uyushtirgan”, — deya qo‘shimcha qildi telekanal.
Masofadan boshqariladgan qo‘lbola bombaning portlashi ham qayd etilgan.
Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu terakt oqibatida bir politsiyachi halok bo‘lganini, yana bir huquq-tartibot xodimi og‘ir yaralanganini ma’lum qildi.
“Buning ortida qaysi terrorchilik tashkiloti turgani allaqachon ma’lum”, — deya vazirning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Anadolu agentligi.
Izoh (0)