AQSHdan har kuni Yevropaga 1 million barreldan ortiq neft yetkazib berilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Vitol neft treyderi direktori Rassel Hardiga tayanib “Kommersant” xabar bermoqda.
AQSHdan katta miqdordagi neftning yetkazib berilishi, Rossiyadan yetkazib berilgan neftning o‘rnini bosishi kerak.
Hardining aniqlik kiritishicha, Rossiya xomashyosi Buyuk Britaniya, AQSH va Yevropa Ittifoqidan tashqarida “uy topishi kerak”.
U uzoq masofalarni bosib o‘tadi va yangi bozorlarni topadi. Shu bilan birga Rossiya nefti chegirma bilan sotilishi kerak bo‘ladi, — deydi Hardi 38-Osiyo—Tinch okeani neft konferensiyasida.
Ukrainadagi jangovar harakatlardan oldin Rossiya neft eksportining 60 foizdan ortig‘i Yevropa Ittifoqi hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2021-yilda Yevropa Ittifoqi Rossiyadan kuniga 2,2 million barrel tabiiy va 1,2 million barrel xom neft olgan.
Sanksiyalar doirasida Yevropa Ittifoqi 5-dekabrdan kuchga kiradigan Rossiya neftiga embargo joriy etishga qaror qildi.
Ittifoq, shuningdek, Rossiya nefti narxining chegarasini ham muhokama qilmoqda. Rossiya Energetika vazirligi neft yoki gazni cheklangan narxda sotishni istisno qildi.
Izoh (0)