Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kreml Ukraina bilan urushga nafaqat rossiyaliklarni, balki o‘zini o‘zi respublika deb e’lon qilgan Abxaziya va Janubiy Osetiya fuqarolarini ham safarbar etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti ma’muriyatiga yaqin manba Meduza’ga ma’lum qildi.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Suhbatdoshning aytishicha, Abxaziya va Janubiy Osetiya respublikalaridan bir necha ming kishi majburiy ravishda xizmatga chaqirilishi mumkin.

Dunyoning aksariyat davlatlari Abxaziya va Janubiy Osetiyani Gruziya hududi deb biladi. 2008-yilda Gruziya bilan urushdan keyin Rossiya ularning mustaqilligini rasman tan oldi; bu respublikalarning ma’muriyatlari Kreml tomonidan nazorat qilinadi. 2022-yilda Janubiy Osetiya prezidenti Rossiya bilan “birlashish” bo‘yicha “qonuniy qadamlar” haqida e’lon qilgandi.

Ukraina ommaviy axborot vositalari Janubiy Osetiya harbiy xizmatchilarining urushda qatnashayotgani haqida yozgan. Mart oyida janubiy osetiyalik muddatli harbiy xizmatchilar guruhi urushda qatnashishdan bosh tortgani va uyga qaytgani haqida xabar berilgan.

21-sentabr kuni Ukrainaning qarshi hujumi muvaffaqiyati fonida Rossiyada safarbarlik e’lon qilindi. Rossiya hukumati 300 000 harbiy xizmatchini chaqirish rejasini e’lon qildi; Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bir milliondan ortiq odam safarbar qilinishi mumkin. Shu bilan birga, Ukrainaning bosib olingan hududlarida “Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendumlar” bo‘lib o‘tmoqda; tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, rasmiy anneksiya sentabr oyining oxirigacha amalga oshirilishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Bir necha daqiqada ichida djinsi kiyimlardan yog‘ dog‘larini tozalashga yordam beradigan usullar
Mahalliy
Surxondaryoda “Jiguli” qo‘ylar podasini urib yubordi
Mahalliy
“Biz uchun JSTga qo‘shilish mutlaq ustuvor vazifa” –  tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Badriddin Obidov